Sanoat robotlarni sozlashdan maqsad robotlarning barcha elementlarini texnik xarakteristikalariga va eksplutatsion hujjatlariga mos ravishda ishlashini ta’minlashdan iborat [9].
Sanoat robotlarini sozlashda asosiy ob’ektlarga robotning ijro qurilmasi va boshqarish qurilmasi kiradi.
Ijro qurilmasi sanoat robotining harakat funksiyalarini bajaradi, unga manipulyator va harakatlanish qurilmasi kiradi.
Boshqarish qurilmasi berilgan boshqarish programmasiga mos ravishda ijro qurilmasi uchun boshqarish ta’sirlarini shakllantirish va berishdan iborat.
Sozlash jarayoniga manipulyatorning funksional mexanizmlarini rostlashdan tashqari sanoat robotini programmalash va o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Robotni sozlash natijasida boshqarish programmasini ishonchli bajarilishi ya’ni robotning ijro qurilmalarining harakatlari berilgan boshqarish programmasiga mos kelishi ta’minlanadi. Bunda robot ishchi organi qiladigan harakatlarining xatoliklari, texnik pasportda ko‘rsatilgan qiymatlar chegarasidan chiqib ketmasiligi kerak.
Sanoat robotlarni qayta sozlashda boshqarish programmasi o‘zgartiriladi, robotningt holatlari sozlanadi yoki manipulyatorni ayrim zvenolari almashtiriladi.