Yig‘uv jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
Robototexnik yig‘uv tizimini qurish prinsiplari.
Yig‘uvda ishlatiladigan robotlarning xususiyatlari.
Detallar magazinidan foydalanish sxemasi.
Yig‘uv operatsiyalarini bajarishda qo‘llaniladigan robotlar guruhlari.
Qanday yig‘uv robotlarini bilasiz ?
Yig‘uv avtomatiga nimalar kiradi ?
Yig‘uv operatsiyalarini avtomatlashtirishda adaptiv robotlarning qo‘llanilishi.
RTK tarkibidagi sanoat roboti qanday operatsiyalarni bajaradi?
Yig‘uv RTK si tarkibidagi mikro – eHM qanday funksiyalarni boshqaradi ?
Mexanik ishlov berish RTKlari
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni, ishlab chiqarishdagi konstruksiyalar va SRlari konstruksiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘rganib chiqish shuni ko‘rsatadiki, SRlarining RTKlardagi funksiyalari kengayib bormoqda. Zamonaviy ishchi avtomatik kompleks tarkibidagi stanoklarga ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmat operatsiyalarining taxminan 60% ni bajaradi. Yaqin kelajakda bajarish uchun ishchilarga operatsiyalarning 20%, sanoat robotlariga esa avvalgi 20% o‘rniga 50% qoladi.
RTKlarda ishlov berishga moyil detallarning tahlili.
Avtomatlashtirilgan RTKlarda mexanik ishlov berishga moyil detallarning xilma-xilligi (nomenklaturasi) quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
detallarning konstruksiyaviy parametrlari bilan;
ishlov berishga kelib tushayotgan xom mahsulot (zagotovka)ning tarkibi va ko‘rinishi hamda turi bilan;
detalga qo‘yilayotgan texnik talablar bilan;
detalning massasi va gabaritlari bilan.
RTKlar tarkibidagi SRlarini tanlashda SRlarining yuk ko‘tarish qobiliyati hamda detallarning massasi hal qiluvchi omillardan hisoblanadi.
RTKlarda SRlaridan foydalanishda ularni 1kg dan 500kg gacha bo‘lgan detallar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Mexanik ishlov berish RTKlarini seriyali ishlab chiqarish sharoitlari uchun yaratishda detallarni guruhlab ishlov berish, texnologik jarayonlarni tiplarga ajratish va texnologik jixoz-uskunalarni tanlash asosida yaratish maqsadga muvofiqdir.
Mexanik ishlov berish RTKlarida SRlari kesuvchi asbob yemirilganida yoki boshqa detalga ishlov berishga o‘tilganda, ayniqsa maxsus sanoat robotlaridan foydalaniladigan sonli programmaviy boshqarishli stanoklarda, shu kesuvchi asbobni almashtirishni bajarishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |