ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)
- rasm. Taqlidli elektrik yuritmaning funksional sxemasi:
QK–quvvatkuchaytirgichi;ID–ijrodvigateli;R–reduktor; TG - taxogenerator; HD – holat datchigi; IO – ijro organi (mexanik qo‘lningzvenosi yoki robotning ishchi organi); KZ1 va KZ2 – elektrik yuritmaningkorrektirlash zvenolari; Ub - berilgan ta’sir; Uta – teskari aloqa signali; Ω –chiqish signali. Sanoat robotlari ijro organlarida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr dvigatellari qo‘llaniladi. har bir elektrodvigatelning turi o‘z xususiyatlariga ega. Odatda sanoat robotlarida mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellari ko‘p
ishlatiladi. Bu dvigatellar yaxshi rostlash xarakteristikalariga ega, ammo (shetochniy) kontakt borligi ularning ishonchliligini va uzoq vaqt ishlatilish imkoniyatini pasaytiradi. Ularni portlash xavfi bor sharoitlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Elektrik yuritmali sanoat robotlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan kompakt, kichik inersiyali o‘zgarmas tok dvigatellarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular diskli, bosma chulg‘amli yakorga, kichik elektromexanik vaqt doimiysiga egaligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan aralash qo‘zg‘atishli dvigatellar asosidagi elektr yuritmalar yuritma energetik ko‘rsatkichlarini anchagina yaxshilash imkonini beradi, ammo bunday yuritmalarda maxsus impulsli yarim o‘tkazgich o‘zgartirgichlari talab qilinadi.
Robotlar uchun keng diapazonda boshqariladigan asinxron dvigatellarni yaratish katta ahamiyatga ega, chunki bunday dvigatellar yuqori ishonchlilikka va yong‘in xavfsizligiga ega.
Oxirgi vaqtda turli ishlash prinsipiga asoslangan chiziqli harakat elektrodvigatellari, qadamli dvigatellar, kontakt o‘zgarmas tok va pezoelektrik dvigatellar paydo bo‘ldi.
Chiziqli harakat dvigatellar asosida qurilgan yuritma to‘g‘ridan - to‘g‘ri ilgarilama chiziqli harakat olish imkonini beradi, ular ko‘p hollarda funksional afzalliklarga va sodda konstruksiyaga, ishonchlilik, yuqori boshqarilishga, yetarli tezkorlikka va aniqlikka ega bo‘ladi.
Masalan, chiziqli qadamli dvigatellarni aniq pozitsiyalangan harakatlarni olishda, ochiq raqamli programmali boshqariladigan sistemalarni shakllantirishda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular 5 - 10 mkm aniqlikda 10 m/s2 tezkorlikka va 0.6 m/s tezlikka ega bo‘ladilar.
Rossiyada magnitli vint prinsipida yaratilgan chiziqli qadamli dvigatel
0.011 – 1.6 mm qadamga, 0.1 – 0.267 m/s tezlikka, 18 – 220 N kuchga, 2 – 20 kg massaga ega.
Sanoat robotlarining turli sharoitlarda ishlashlarini va har xil harakat qilishlarini hisobga olgan holda u yoki bu elektrik yuritmani to‘g‘ri tanlash zarur.
Ijro dvigatellarini manipulyatorning harakatlanuvchi elementlarida joylashtirishni loyihalashda, nafaqat ularning dinamik xarakteristikalariga qarab, balki o‘lcham va massasini ham hisobga olgan holda tanlaniladi.