54
tarbiyalanuvchilar normal darajadagi intellekt
imkoniyatlaridan na
o‘qishda va na hayotiy faoliyatlarida to‘liq foydalanadilar. Bu bolalarning ma’lum
darajada motivasiya hamda to‘la qonli jamiyatdan o’zilib qolganligi bilan
izohlanadi. Buni “intellektual sustlik” deb atash mumkin.
2.
Ehtiyoj – motivasiya jabhasining rivojlanishi bilan bog‘liq
muammolar:
internat maktablarida tarbiyalanuvchilarda bevosita kundalik hayoti,
kun tartibi me’yorlari, xatti-harakat qoidalariga amal qilinishiga bog‘liq
hoxishlarini ustun qo‘yish yorqin nomoyon bo‘ladi.
Bu vaqtda esa oddiy
maktablarda o‘qiydigan tengdoshlarini kundalik hayoti bilan bir qatorda shaxsiy
tajriba qoliplaridan ancha yiroqdagi butun bashariyat muammolari ham
o‘ylantiradi;
mehribonlik uylari va internat bolalariga qaraganda “uy” bolalarining
bugungi kun yoki yaqin kelajak bilan bog‘liq bo‘lgan motivlari ustunlik qiladi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ertangi kun yoki vaqt o‘tishini
deyarli idrok
qilmaydilar va bugungi kun bilan yashash an’anasini ma’qul ko‘radilar.
3.
“MEN” konsepsiyasining rivojlanishi muammolari:
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yaxshi ijtimoiylashgan bo‘lib,
vaziyatni o‘z manfaatlari tomoniga og‘dira olish qobiliyati bor degan noto‘g‘ri
qarash mavjud. Ammo amalda unday emas. Ular yetarli darajadainfantal bo‘lib,
oliada tarbiyalangan bolalarga qaraganda atrofdagilarning bahosi va xatti-harakati,
xulq-atvoriga tobelik yuqori bo‘ladi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchlari “uy”
bolalaridan farqli ravishda mustaqillikka intilishlarini ochiq nomoyon etadi, tahdid
va nazoratlarga qarshi chiqadi hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish zaruratini tan
oladilar;
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga qaraganda oilada tarbiyalangan
bolalarning o‘z-o‘zini baholashi ancha ijobiy bo‘lib, biroz murakkabroq xarakterga
ega. Oliada tarbiyalangan bola o‘zining salbiy xislatlariga
qarshi kurashishi
mumkin, ammo shu bilan bir qatorda o‘zini yaxshi ko‘radi. Mehribonlik uyida
tarbiyalangan bolaning esa o‘ziga munosabati bir yoqlamadir;
55
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchlarida ko‘pincha
muvaffaqiyat
diskomforti kuzatiladi. Bu inson uchun o‘ziga nisbatan munosabatning salbiy
bo‘lishiga qaramasdan o‘zi haqidagi noma’lum, chalkash tasavvur hamda
identifikatsiyadan ko‘ra odatlanganini saqlab qolishni muhimligi bilan izohlanadi;
“BIZ” tuyg‘usining
rivojlanishi, boshqalar fikridan kelib chiqib o‘z-
o‘zini baholashga orientatsiya.
4.
Gender identikfikatsiya rivojlanishi bilan bo‘g‘liq muammolar:
qashshoqlik, sxemalashgan hayot tarzi asosida salbiy maskulizm –
feminizm etaloni hosil bo‘ladi;
ko‘p hollarda mehribonlik uyida tarbiyalangan bolalar shaxsiy
oilalarini qurishda murakkabliklarga duch keladilar,
ota-ona va er-xotinlik
munosabatlaridagi muammolarga qiyinchilik bilan yechim topadilar;
jinsga xos xulq-atvorning shakllanishida muammolar kuzatiladi:
tarbiyachilar buni oldini olish maqsadida tikish, to‘qish kabi ayollar mashg‘ulotlari
bilan shug‘ullantiradilar;
jinsiy qiziqishlarning shakllanishidagi muammolar;
javobgarlik, mas’uliyat hissi bo‘lajak oila va onalik to‘grisidagi
tasavvurlarning kam qismini egallaydi.
5. Kattalar va qarindoshlar bilan munosabatlardagi
muammolar:
insonlarga nisbatan shubha;
kattalar va qarindosh-urug‘lariga, hatto, tug‘ishgan aka-uka, opa-
singillariga nisbatan ham emosional aloqa o‘rnatish to‘la qonli shakllanmaydi;
mehr-muhabbatga bo‘lgan ehtiyojning qondirilmaganligi ko‘pincha
agressiyani paydo qiladi;
ko‘p hollarda kattalarga nisbatan boqimandalik paydo bo‘ladi.
3
Dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
oila muhitida o‘smagan bola alohida yo‘ldan yuradi
va unda yaxshi yoki yomon
3
Dostları ilə paylaş: