5
T A K R O R L A S H
FONETIKA BO‘YICHA O‘TILGANLARNI
TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Fonetika nimalar haqida ma’lumot beradi?
2. Unli tovushlar deb nimaga aytiladi?
3. Undosh tovushlar qanday hosil bo‘ladi?
4. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undoshlar qanday turlarga bo‘linadi?
5. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undoshlar necha xil bo‘ladi?
6. Jarangli undoshlar qaysilar?
7. Jarangsiz undoshlar deb nimaga aytiladi?
5-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Birinchi va ikkinchi gaplardagi unli
tovushlarni ajratib, ularga tavsif bering. Ilm o‘rganishning foydali tomonlari
to‘g‘risida bahslashing.
1. Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go‘zal. 2.
Odamni
katta gavda emas, aql yuksaltiradi. 3.
Inson ilm-u hunari va
aql-idroki bilan har qanday qushdan baland parvoz qiladi.
4. Bilimdonlikning sir-u asrori g‘ayrat hamda matonat bilan
o‘qish va o‘rganishdadir. 5. Bobolarning ulug‘vor
ishlarini ijodiy
rivojlantira olsang, sen baxtiyorsan. (
R. Usmonov)
♦
♦
♦
♦
♦
Dostları ilə paylaş: