Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

 
6-mashq.
 Matnni o‘qing. Undosh tovushlarni aniqlab, jadvalga
joylashtiring.
Bulbullar bu yerda ko‘p bo‘lar ekan. Goho ularning yoqimli,
yangroq tovushlari havoni to‘ldirib yuboradi.
Bulbulni tinglashni sevaman. Kuylari qalbimda allaqanday
yoqimli hislarni chayqatib yuboradi...
Bulbulning sayrashi – dunyoning eng baland lazzati. Bulbul-
ning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish...
Bulbul jonivor qushlarning asili... (Oybek)
?
Lab
undoshlari
Til undoshlari
Bo‘g‘iz
undoshi
Til oldi Til o‘rta Til orqa Chuqur til orqa


6
7-mashq. 
Matnni ko‘chiring. Undosh tovushlarni topib, ularni izohlang.
Seni ona dedim,
Ko‘zim o‘ngida
Mushfiq u qiyofang bo‘ldi namoyon.
Parcha et qoshida bedor bir diyda,
Sadoqati cheksiz, mehri bepoyon. (A. Oripov)
8-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan harflarni qo‘yib, ma-
qollarni ko‘chiring va ularda ilgari surilgan g‘oya haqida fikrlashing.
1. Eling senga cho‘...sa qo‘l, Unga do...m sodiq bo‘l. 2. Yurt
boshiga ish tu...sa, er yigit ...ozir bo‘lar. 3. Xalq bor yerda
...aqlik bor. 4. El boqsa, bax...ing kular, el bo...masa, taxting
qular. 5. Xalq...a suyansang, bo‘l...rsan, Xalqdan ch...qsang,
so‘larsan. 6. B...rlikda baraka bor. 7. Baxt kaliti me...natda.
8. Olt...n olma, du... ol. 9. Salomatl...k – tum...n boyl...k.
9-mashq.
Uyga vazifa. «Assalom, maktab!» mavzusida matn tuzing.
Unda ishlatilgan tovushlarni izohlang.
IMLO BO‘YICHA O‘TILGANLARNI
TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Orfografiya nimani o‘rgatadi?
2. Unlilar imlosi deganda nimani tushunasiz?
3. Undosh tovushlar imlosi haqida so‘zlab bering.
4. Asos va qo‘shimchalar imlosi haqida nimalarni bilasiz?
5. Qo‘shib va ajratib yoziladigan so‘zlarga misollar keltiring.
6. Chiziqcha qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?
7. Bosh harflarning ishlatilish o‘rinlari haqida so‘zlab bering.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin