Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

lariga diqqat qiling.
1. Jaloliddin singlisini so‘nggi marta Samarqandda ko‘r-
gandi. (Erkin Samandar) 2. Ma’naviyat – ajdodlarni avlod-
larga, tarixni bugunga, bugunni kelajakka bog‘lovchi ko‘prik.
(«Ma’rifat» gazetasidan) 3. Gapning sirasini emas, shirasini
aytyapman, hikmat mag‘zini chaqib berayotirman sizlarga,
chiroqlarim! («Otalar so‘zi») 4. Kim ota-onasini rizo qilsa, Olloh
taolo uning umrini ziyoda qiladi. (Hadisdan) 5. Ustod o‘z ber-
gan saboqlari zoye ketmaganidan, shogird ularni puxta
o‘zlashtirib olganidan behad mamnun bo‘ldi. («Otalar so‘zi»)
6. Ona bolalariga ertak va naqllar aytib bera boshladi. («Otalar
so‘zi») 7. Ilm ahli sizning ma’rifat yo‘lida qilgan xizmatlaringizni
eslaridan chiqarmas. (O. Yoqubov)


63
8. Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
(Iqbol Mirzo)
131-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shimchalarini qo‘yib, matnni
ko‘chiring. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘zning qaysi so‘zga bog‘la-
nayotganini ayting.
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari... biri shuki, bunday
odam o‘z faoliyati... boshqalar... bir qadam oldin... o‘tsa, darrov
orqaga qaraydi, sheriklari... yordam qo‘li... uzatadi, safi...
kengaytirib, yangi g‘alaba... ko‘zlaydi. (Abdulla Qahhor)
132-mashq.
 Berilgan birikmalardagi birinchi va ikkinchi so‘zlarning
tartibini o‘zgartiring. Tartibi o‘zgarganda, so‘zning kelishik shaklida qanday
o‘zgarish bo‘lganini va uning sababini ayting.
Qiziqib kitob o‘qimoq, miriqib suv ichmoq, to‘yib ovqat
yemoq, laganga osh suzmoq, o‘roqda o‘t o‘rmoq, tozalab ko‘cha
supurmoq, mehr bilan xat yozmoq.






Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin