59
!
121-mashq.
Uyga vazifa.
«Ilm – aql chirog‘i» mavzusida matn tuzing.
Unda ishtirok etgan bosh kelishikdagi otlarning tagiga chizing va vazifasini
tushuntiring.
QARATQICH KELISHIGI SHAKLI
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar-
ning qaysi so‘z
turkumiga mansubligini, qaysi kelishikda ekanini
ayting.
1. Kechasi
Saidaning hujrasiga Kozimbek bilan muxbir
A’zamjon
keldi. Saida
Kozimbekdan otasining sog‘lig‘ini so‘radi. (
Abdulla
Qahhor) 2.
Uning hovlisini ko‘rib, Saidaning og‘zi ochilib qoldi.
(
Abdulla Qahhor)
Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z – qaratqich,
qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi.
Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelash-
tirib bog‘lab keladi va qaralmishda ifodalangan narsa-
hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning qaratqich
shaklidagi ismlarga qarashli ekanini bildiradi.
60
122-mashq.
Quyidagi birikmalarda qaratqich va qaralmishlarning qanday
shakllanganini izohlang.
Sinf burchagi, maktabimiz bog‘i,
bizning maktab, Ahmad-
ning akasi, shuning o‘zi.
123-mashq.
Qaratqich kelishigida qo‘llangan so‘zlarni topib, ularga
izoh bering. Gaplardagi g‘oya bo‘yicha fikrlashing.
1. Yolg‘on doim rostdan yengiladi. U xuddi suv yuzasidagi
ko‘pikday yo‘q bo‘lib ketadi. (
Abu Rayhon Beruniy) 2. Shu
bilan birga, Alisher Navoiy saboqlari
hamisha qalbingiz tubida
bo‘lsin. (
E. Vohidov) 3. O‘z qadrini bilmagan o‘zganing qadrini
ne bilsin? O‘z yurti, o‘z xalqi tarixi bilan qiziqmagan kishining
jahon tarixini bilganidan ne naf? (
E. Vohidov) 4. Umrining
mazmunini millatning dardiga darmon bo‘lishdan
iborat deb
bilgan Amir Temur xalqimizning ana shunday ardoqli, ulug‘
farzandidir. Amir Temur – xalqimiz dahosining timsoli, ma’-
naviy qudratimiz ramzidir. Amir Temur nafaqat Turon, Turkis-
ton, O‘zbekiston zaminining, balki insoniyatning eng ulug‘
daholaridan biridir. Sohibqironning
bunyodkorlik sohasidagi
tarixiy xizmatlari undan ham beqiyos. (
«Inson baxt uchun
tug‘iladi» kitobidan)
Dostları ilə paylaş: