58
chumoli tinish bilmay yuguradi. Ajoyib-da bu chumolilar. Doim
shoshganlari-shoshgan. Og‘izlarida nimalar bo‘lmaydi: bug‘doy,
cho‘p, non ushoq...
Karim chumolilarga uzoq tikilib qoldi. Keyin o‘rnidan lip
etib
turdi-yu, nariroqda lolalardan guldasta qilayotgan Nodirani
chaqirdi.
– Mana ko‘rasan, yomg‘ir yog‘adi. Chumolilar inlarini
berkityapti, – dedi.
Karim to‘g‘ri aytgan edi. Sal o‘tmay
osmonni quyuq bulut
qopladi. Keyin rosa jala quydi. (
H. Jalolov)
120-mashq.
Gaplarni o‘qing, bosh kelishik shaklida ishlatilgan
so‘zlarga izoh bering. Mahmud Koshg‘ariyning fikri bo‘yicha munozara
uyushtiring.
1. Belgi bo‘lsa, odam yo‘ldan, aqli bo‘lsa, so‘zdan
adash-
maydi. (
Mahmud Koshg‘ariy) 2. Bu yerdan chiqqan buloq suvi
naq buyrak kasalining tayyor davosi edi. (
Said Ahmad) 3. Tushga
yaqin yomg‘ir tindi-yu, bulutlar orasidan ko‘m-ko‘k osmon va
issiq yoz oftobi ko‘rindi. (
P. Qodirov) 4.
Tabiat kimga zakovat,
aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo‘l uradi. (
Yusuf
Xos Hojib) 5. Buning ustiga osmon darz ketgandek moma-
qaldiroq qarsillaydi, chaqmoq chaqadi. O,
inson bunday
paytda ojizligini qanchalik aniq sezadi. (
Sh. Xolmirzayev)
6. Arslon o‘z quvvati va shijoati bilan ovqat topib, kun kechir-
gani kabi inson ham qayda bo‘lmasin, o‘z
aqli bilan kun
kechiradi. (
«Otalar so‘zi») 7. Navro‘z kuni Hamida bonu qo‘sh
karnay va qo‘sh surnaylar tovushidan uyg‘ondi. (
P. Qodirov)
8. Otam meni ham sevinch, ham hayrat bilan qarshi oldi.
(
O‘. Umarbekov) 9. Navoiy g‘azalni shavq bilan tovush chiqa-
rib o‘qidi. (
Oybek)
Dostları ilə paylaş: