Qo‘llanishi. Qon to‘xtatuvchi vosita sifatida og‘iz, burun, bachadon, oshqozondan qon ketganda, yurak qon-tomir faoliyatini tiklash uchun kollapslarda qon bosimini ko‘tarish uchun, yurak to‘xtash xavfi bo‘lganda. Lekin qon bosimi ko‘tarilganda qo‘llash ta’qiqlanadi.
Adrenalin venaga, muskul orasiga, teri ostiga yoki yurakka to‘g‘ri yuboriladi.
Adrenolitiklar Adrenolitik moddalar organizmda adrenoreaktiv sistemani blokada qiladi va natijada simpatik nervlardan ishchi organlarga o’tadigan impluslarni o’tishiga qarshilik qiladi.
Adrenolitik moddalar adrenolinga va uni ajralishiga ta’sir qilmaydi. Bu moddalarni asosiy ta’siri tomirlarni kengaytiradi, bachadon taloq silliq muskullarni bo‘shashtiradi qon bosimini pasaytiradi.
Preparatlar: fentolamin, tropafin, sporinya alkoloidlari,
Qo‘llanilishi: qon bosimi ko’tarilganda, bachadon kasalliklarida
Gangliyalarni stimullovchi moddalar. Bu moddalar boshqacha N–xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi moddalar ham deyiladi. N–xolinlretseptorlar simpatik va parasimpatik gangliyalarda, buyrak usti bezi karatoid koptokchalarida, tomirlar xemoretseptorlarida va MNS da joylashgan.
Amaliyotda N–xolinoretseptorlardan lobelin va sitizin qo‘llaniladi.
Lobelin lobeliya, sitizin esa rakitnik o‘simliklaridan olinadigan alkoloidlar. Lobelin 1%li eritma holida, sitizin esa 0,15%li sititon holida qo‘llaniladi.
Bu preparatlar karatoid koptokchalardagi gangliyalarni qo‘zg‘atib, reflektor yo‘l bilan uzunchoq miyadagi nafas va qon-tomirlar markazini qo‘zg‘atadi, natijada nafas tezlashadi va chuqurlashadi, o‘pkada gaz almashinuvi oshadi, qon bosimi ko‘tariladi, shu bilan birga bu moddalar simpatik nervlarni, N–xolinlretseptorlarni qo‘zg‘atadi, simpatik nerv mediatri – noradrenalin ajralishi oshib, biroz qon bosimini oshiradi.
Bu moddalar asosan nafas etishmovchiligida, nafas markazini falajlovchi moddalar bilan zaharlanganda, SO2 bilan zaharlanganda, yosh hayvonlar asfiksiyasida, qon bosimini tiklashda vena yoki teri ostiga yuboriladi.