Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə40/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

1. Dimedrol – dimedrolum oq kristall kukun, suv va spirtda eriydi, B ro‘yxatda. Aktiv gistaminga qarshi preparat. U silliq muskullar spazmini tez yo‘qotadi, kapilyarlar funksional harakatini tiklaydi. Og‘riqni kamaytiradi va bir vaqtning o‘zida nerv gangliyalarini blokada qilib, sezuvchan nervlarda sezuvchanlikni kamaytiradi, adrenergitik va xolinergitik sistemalar qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi. Bundan tashqari dimedrol ta’sirida hayvonlarda sedativ – tinchlantiruvchi va uxlatuvchi holatlar ham qo‘zatiladi. Dimedrol turli yallig‘lanishlarda, allergiyalarda, nur kasalliklarida qo‘llaniladi. Ine’ksiya, tabletka holida.
2. Diazolin – oq, kristall kukun, B ro‘yxatda. Dimedrol kabi ta’sirga ega, allergiyaga qarshi ta’siri o’ziga xos lekin uxlatuvchi ta’siri sustroq. Ko‘pincha zardob kasalida, dermatozlarda, krapivnitsada, medikamentoz, idiosinkraziyada qo‘llaniladi. Og‘iz orqali.


8-Mavzu: Afferent nervlar uchlariga susaytiruvchi va qitiqlovchi moddalar.
Reja:
1.Afferent nerv faoliyatini susaytiruvchi moddalar: mahalliy sezuvchanlikni yuqotuvchi (anestyoziyalovchi) moddalar.
2.Burishtiradigan, o‘rab oladigan shilimshiq moddalar, yumshatadigan moddalar, adsorbtsiya qiladigan moddalar.
3.Afferent nervlarning faoliyatini kuchaytiruvchi (qo‘zg‘atuvchi) dorilar. 4.Afferent nervlarini ta’sirlovchi moddalar.
5.Qustiradigan va balg‘am ko‘chiradigan moddalar.
6.Ruminator va ichni suradigan moddalar.
7.O‘t haydovchi moddalar.
Tayanch tushunchalar:
Adrenalin buyrak usti bezi garmoni, qonga ajralib boshqa moddalar bilan birga adrenergitik innervatsiya tonusini ushlab turadi.
Adrenomimetik moddalar–adrenolinga o‘xshash ta’sir qiladigan kimiyoviy birikmalar.
Gangliyalarni stimullovchi moddalar.Gangliyalarni blokada qiluvchi moddalar.Harakatlantiruvchi nervlar oxirlariga ta’sir etuvchi moddalar-mioreleksantlarning vazifalari.
Afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni oshiruvchi moddalar umumiy tavsifi, ahamiyati, qo‘llash va saqlash qoidalari haqida.
Qustiruvchi va balg‘am suruvchi moddalar ta’sir mexanizmi, farmakodinamikasi, qo‘llash va saqlash qoidalari haqida.
Shirin va achchiq dorilarning ta’sir mexanizmi, farmakodinamikasi, dozalari qo‘llanilishi va saqlash qoidalari haqida.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin