Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari


Mavzu:Yozma ishlarda xatolar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə33/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
yozma ishlar

10.Mavzu:Yozma ishlarda xatolar ustida ishlash metodikasi


Reja:

  1. Yozma ishlarni tashkil etishda uchraydigan asosiy xatolar

  2. Yo‘l qo‘yiladigan xato turlari

  3. Xatolar ustida ishlash va ularni bartaraf etish metodikasi



Tayanch so‘z va iboralar: imlo xatolari, punktuatsion xatolar, uslubiy xatolar, mantiqiy xatolar, unlilar imlosi, undoshlar imlosi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari

Yozma ishlarni tashkil etishda asosan quyidagi xatolar ko‘p uchraydi. Buning oldini olish, o‘quvchilarning xato qilish darajasini kamaytirish maqsadida har bir yozma ishdan so‘ng xatolar ustida ishlash darsi tashkil etilishi lozim. Xatolar asosan quyidagi holatlar bo‘yicha yuzaga keladi. Imlo qoidalariga, uslubiy me’yorlarga amal qilinmagan hollarda matnda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xatolarning quyidagi turlari bor: imlo xatolari, punktuatsion xatolar, uslubiy xatolar, mantiqiy xatolar.


Imlo xatolari – kirill va lotin alifbosi asosidagi yozuv qoidalarini farqlamaslik, so‘zlarni yozma tarzda ifodalashda, qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yozishda, tutuq belgisini qo‘llashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar.
Insho matnida uchraydigan imlo xatolarining aksariyati quyidagi qoidalarga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi.
Unlilar imlosi. Urg‘usiz bo‘g‘inlarda o tovushi a tarzida aytiladi: kanstitutsiya, arfografiya, fanetika. Lekin konstitutsiya, orfografiya, fonetika yoziladi. Rus va yevropa tillaridan kirgan so‘zlarning oxirgi urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi qisqa i tarzida eshitiladi, lekin har doim direktor, traktor, rektor, konduktor, irrigator, diktor (va b.) tarzida yoziladi.
Yonma-yon keladigan unlilar orasida talaffuzda y tovushi aytilsa ham yozilmaydi: shoir, shariat, maishat, doim, oila, teatr, diagnoz, material, filial, million, aerodrom, aloe kabi.
Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda tutuq belgisi qo‘yilmaydi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin