Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə34/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
yozma ishlar

Undoshlar imlosi. Insholarda ko‘zga tashlanadigan imlo xatolari orasida eng ko‘p kuzatiladigan nuqson x va h imlosi bilan bog‘liq xatolardir. Ko‘p hollarda xalq, axloq, ruxsat, ro‘yxat, hodisa, nusxa, sahna, tuhmat kabi so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar uchraydi.
Xx va Hh undoshlari alohida fonemalardir. Xx va Hh tovushlari paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham, aytilishiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Xx – chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undosh: xabar, paxta, sho‘x, taxt, baxt, xulq, axloq, xalq. Hh – jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshi: behi, holva.
x va h ayrim so‘zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi:
xol (dog‘) - hol (ahvol) ; xam (egik) - ham (yuklama);
shox (daraxt shoxi) - shoh (podshoh); rux (modda) - ruh (arvoh); xush (yoqimli) - hush ( aql).
i bilan boshlanuvchi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida x yoziladi: ix-tiyor, ix-cham, ixlos, ixtisoslik; qolgan bo‘g‘inlarida h yoziladi: il-hom, i-ho-ta, is-loh;
e bilan boshlanuvchi arabcha so‘zlar tarkibida h yoziladi: ehson, ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj.
Bu harflar imlosida arabcha o‘zakdosh so‘zlardagi undoshlarga asoslanish mumkin: hukm-hokim-hakam-hokimiyat-mahkama-mahkum; rahm-rahmat-rahim; hurmat-marhamat-rahmat; xalq-xaloyiq-xoliq-maxluq; muhsin-tahsin; hibs-mahbus, muxlis-ixlos.
Birlikdagi ot va ularning siniq ko‘plik shaklini bilish ham bu harflarni to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi: xabar-axborot, saxiy-saxovat, hol-ahvol, ruh-arvoh.
Bulardan tashqari, x va h ishtirok etgan so‘zlar imlosini yodda saqlash lozim bo‘ladi.
O‘zak va qo‘shimchalar imlosi. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, mavzu kabi so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda, o‘zakdan so‘ng y qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, obroyim, mavqeyim, mavzuyim, avzoyim. Shu so‘zlarga III shaxs egalik qo‘shimchasi -si shaklida qo‘shiladi: parvosi, avzosi kabi.
Shuni ham ta’kidlsh kerakki, unli bilan tugagan so‘zlarga III shaxs egalik shakli qo‘shilishida ikki xil imlo kuzatiladi: manbai (kirill yozuvida: манбаи) manbasi, mavzuyi (kirill yozuvida: мавзуи) – mavzusi. Bu holat o‘zlashgan so‘zlar imlosida uchraydi. Imloda bir xillikni ta’minlash uchun mazkur o‘zlashma so‘zlarning asl shakliga asoslanish kerak: agar so‘z ayn ع bilan tugasa, -yi (kirill alifbosida: i) yoziladi: manbai (kirill yozuvida: manbai); agar so‘z و vov, hoyi havvas ه bilan tugasa, -si shaklida qo‘shish to‘g‘ri bo‘ladi: mavzusi, orzusi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin