Izlanish (Reasearching) – o‘ylash, xotirada tiklash, so‘rash, lug‘at, qomus, internet manbalaridan foydalanish asosida bilimlarni boyitish
Izohli diktant (Commented dictation) – o`quvchilarni matn tarkibidagi imlosi qiyin so`zlar bilan ishlashga o`rgatadi
Ko‘rsatish diktanti (Demonstrative dictation) – yangi mavzuni yoritishga va mustahkamlashga xizmat qiladi
Kuzatish (Observing) – berilgan topshiriq asosida til hodisalarini tahlil qilish
Lug`at diktant (Dictionary dictation) – o`rganilgan imlo qoidalarini mustahkamlash, o`quvchilar lug`atini boyitish maqsadida olinadi
Ma’lumot xarakteridagi bayon (Essay throough information)– bayonning bu turida o‘quvchilardan, eng avvalo, matnning asosiy voqealari yoki voqea-hodisalar ketma-ketligini to‘g‘ri bayon qilish talab qilinadi.Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida shunchaki axborot beriladi, asosan, uslubiy betaraf so‘zlardan foydalaniladi.
Mavzu (Theme) – arabcha “joylashtirilgan”, “to‘qib chiqarilgan”, “tema”, “syujet” ma’nolarini ifodalaydi. “Ilmiy tadqiqot, badiiy asar, fikr-mulohaza yuritish, suhbat, ma’ruza va sh.k. uchun tanlab olingan obyekt” tushunchasini aks ettiradi
Muhokama bayon (Discussional dictation)– bu o‘rinda matnning asosiy tezislarini ilg‘ab olish va qayta hikoya qilishda mantiqiy jihatdan asoslash va fikrlar o‘rtasidagi oraliq ifodani yetkazib berish talab etiladi.
Murakkab tarkibli matn (Complicated text) –biror g‘oya, mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil topadi
Qiyoslash (Comparing) – tizimdagi hodisalarni o‘zaro taqqoslay bilish
Reja (Plan) – ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish rejimidir. Reja forscha-tojikcha “kir yoyiladigan ip”, “arqon”; “saf”, “qator” ma’nosidagi so‘z bo‘lib, biror ishni tartibi bilan va o‘z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo‘ljal, belgili tartib, qoida, o‘lchovni bildiradi