Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari


-variant. Diktant yozing va o‘zaro almashgan holda uni tekshiring. Eslatma!



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə62/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98
yozma ishlar

2-variant. Diktant yozing va o‘zaro almashgan holda uni tekshiring.
Eslatma! Diktantni baholashda quyidagi mezonga amal qilinadi:
«5» ball: a) mutlaqo xatosiz yozilgan; b) qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo yoki bitta punktuatsion xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi.
«4» ball: ikkita imlo va ikkita ishorat xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi. Xatolar nisbati o‘zgarishi mumkin, lekin ularning umumiy miqdori to‘rttadan, imlo xatosi esa ikkitadan oshmasligi kerak.
«3» ball: to‘rtta imlo hamda to‘rtta punktuatsion xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi. Xatolar nisbati 3 imlo, 5 punktuatsion xato va boshqa ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin. Ammo imlo xato miqdori to‘rttadan oshmasligi shart.
«2» ball: yettitagacha imlo va yettita punktuatsion xatosi bo‘lgan diktantga qo‘yiladi. Xatolar miqdori o‘n beshtadan oshsa, «1» ball qo‘yiladi. Eslatma:
1. Diktantdagi xatolar nisbatan turlicha ko‘rinishda bo‘lishiga qaramay, baholashda imlo xatolari miqdori asosiy mezon bo‘ladi.
2. Agar diktantdagi tuzatishlar miqdori beshtadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasayadi.
3. Agar diktantda uch va undan ortiq tuzatish bo‘lsa, «5» ball qo‘yilmaydi.
Matn hajmi 120–150 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Diktant yozish uchun 1 astronomik soat (60 daqiqa) beriladi.
3-variant. Berilgan matnni ham musahhih, ham muharrir sifatida tahrir qiling.
ayol mo‘jizasi tabiatda bitta mukkammal mo‘jiza bor u ayoldir erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi ayol latofati va hilmi bilan erkak hamisha bezovta borini sarflab dunyo kezgani kezgan ayol osuda mehrini sarflab uyini bezagani bezagan erkak uchun dunyo uy ayol uchun uy dunyo erkakning qismati sabr chunki erkak jabr tortib taxt topadi ayol sabr qilib baxt Ayollar qismatiga qarab yurtning qismatini aytib bersa bo‘ladi hamd va hadyaga ziqna kishi ayolga do‘st bo‘la olmaydi ayollardan faylasuf chiqqan emas chunki ular donolik qilishdan donolar tug‘ishni afzal ko‘radilar
Ayol mo‘jizasi
Tabiatda bitta mukkammal mo‘jiza bor, u - Ayoldir!
Erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi, ayol latofati va hilmi bilan.
Erkak hamisha bezovta, borini sarflab dunyo kezgani kezgan, ayol - osuda, mehrini sarflab uyini bezagani bezagan . Erkak uchun dunyo -uy, ayol uchun uy - dunyo. Erkakning qismati - sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib - baxt….
Ayollar qismatiga qarab yurtning qismatini aytib bersa bo‘ladi.
Hamd va hadyaga ziqna kishi ayolga do‘st bo‘la olmaydi.
Ayollardan faylasuf chiqqan emas. Chunki ular donolik qilishdan donolar tug‘ishni afzal ko‘radilar.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin