22
VIRUSLARNING TUZILISHI VA HUSUSIYATLARI
Toshtemriova M
Farg’ona davlat universiteti Tabiit fanlar fakulteti Zoologiya va umumiy biologiya
kafedrasi kata o’qituvchisi (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.7952456
Annotatsiya: Viruslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil
ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular tirik organizimga xos bo’lgan hususiyatlarni faqat
hujayra tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik viruslar yillab tiriklik
xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik
qoʻzgʻata boshlaydi. Viruslar qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta
virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin.
Kalit so’z: Gripp, adenovirusli infeksiyalar produktiv reproduksiya.
Viruslar -juda mayda hujayrasiz biologik obyekt hisoblanib, ular tirik hujayralarning
(o‘simliklar, bakteriyalar, hasharotlar, hayvonlar) genetik apparatida doimiy parazitlik qilishi
bilan boshqa organizmlardan farqlanadi. Viruslar genomida faqatgina bir turdagi nuklein
kislota bor. Hayotning barcha shakllari, ya’ni o‘simliklardan to odam organizmigacha viruslar
bilan zararlanishi mumkin. Ulaming xo'jayin hujayrasi genetik apparatiga yangi ma’lumotlarni
olib o‘tish qobiliyatiga egaligi barcha tirik organizmlar biologik evolyusiyasi va
o‘zgaruvchanligida muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, olimlar o‘sma kasalliklari,
ateroskleroz, diabet, ruhiy va asab kasalliklari hamda boshqa yuqumli patologiyalarning kelib
chiqishini ham viruslar bilan bog‘lashmoqda. Mikrobiologiya asosida hosil bo’lgan
virusologiya fani hozirgi vaqtga kelib, mikrobiologiya sohasidan ajralib chiqdi va mustaqil
fundamental ilmiy yo‘nalishga aylandi.Virusologiya fani yuqumli kasalliklar bo‘yicha
ishlayotgan shifokorlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Virusologik tekshirish usullarining takomillashib borishi, molekulyar biologiya, genetika,
bioximiya, fizika va matematika fanlari yutuqlaridan keng foydalanish hisobiga virusologiya
tez rivojlanib bormoqda. Bu fanning keng ko’lamda o‘qitilishi natijasida virusologiya ko‘plab
yutuqlarga erishmoqda.Viruslar hayotning elementar birligi bo’lib, molekulyar biologlar va
genetiklar uchun ideal obyekt hisoblanadi. XX asrda viruslarga bog‘liq buyuk biologik
yangiliklar qilindi, bunda oqsil va nuklein kislotalar sintezining mexanizmi aniqlandi va
genetik kod ochib berildi.Oxirgi o‘n yillikda bakterial infeksiyalar epidemiyasining kamayishi
va virusli yuqumli kasalliklaming oshib ketishi kuzatilmoqda. Viruslar keltirib chiqargan
yuqumli kasalliklar umumiy yuqumli kasalliklaming 80% ini tashkil qiladi. Gripp, adenovirusli
infeksiyalar, virusli gepatitlar va virus tabiatli boshqa infeksiyalar jamiyat salomatligiga va
iqtisodiyotga katta ziyon yetkazadi. Tabiatda ko‘plab o‘ta xavfli viruslar mavjud bo‘lib, g‘arb
siyosatchilari ulardan biologik urushda samarali vosita sifatida foydalanish mumkin deb
baholamoqdalar.0‘zbekiston Respublikasida virusologik xizmat tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular
barcha viloyatlar sanitariya - epidemiologik tashkilotlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari,
1978 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga qarashli
Virusologiya Ilmiy Tadqiqot Instituti ishlab kelmoqda.
Viruslarning o‘ziga xos xususiyatlari (ta’rifi)
Viruslar - bu mustaqil genom (DNK yoki RNK) tuzilishiga ega bo‘lgan, tirik organizmda yoki
hujayra kulturalarida ko‘paya olish (reproduksiya) va moslashish (adaptasiya) hamda
o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan hayotning hujayrasiz shaklidir.Hozirda odamlar,
23
umurtqali hayvonlar, qushlar, baliqlar, o‘simliklar va mikroorganizmlami zararlovchi viruslar
juda ko‘p uchraydi.Viruslar boshqa mikroblardan mutlaqo farq qiladi va alohida -
Virapodsholigiga kiradi.
Viruslarning xususiyatlari:
Viruslarda sitoplazma, yadro, mitoxondriya va ribosoma kabi organellalar yo‘q, shuning
uchun ularda hujayraviy jarayon bo`lmaydi.Viruslar o‘z tarkibida genom vazifasini bajaruvchi
faqat X nuklein kislota (DNK yoki RNK) tutadi. Viruslarning xususiy oqsil sintezlovchi va
energiyani boshqaruvchi tizimi yo‘q, ya’ni to‘liq xo'jayin hujayrasiga bog‘liq bo‘lmagan
genetik darajadagi qat’iy hujayra ichi paraziti hisoblanadi. Viruslar dis’yunktiv usulda
ko‘payadi va sezuvchan hujayrada reproduksiyalanadi, bunda u xo‘jayin hujayra resurslari va
biosintetil tizimlaridan foydalanadi.Viruslarning 2 xil ko‘rinishi farqlanadi - hujayradan
tashqaridagi va hujayra ichi virusi.Hujayradan tashqaridagi virus fanda virion deb nomlanadi
(esk adabiyotlarda nomlanishi - virusli bo‘lakcha). Bu hayot faoliyatini namoyon etmaydigan
yetilgan virus ko‘rinishidir. Virion virusni tashqi muhitda saqlash va uni bir organizmdan
boshqa bir organizmga hamda„ bir hujayradan boshqa bir hujayraga o‘tkazish vazifasini
bajaradi.Hujayra ichi virusi —vegetativ virusdir. U zararlangan hujayrada reproduksiyalanadi,
produktiv infeksiyani qo‘zg‘atadi, virionning yangi avlodi shakllanadi va natijada hujayra
halok bo‘ladi. Reproduksiya jarayoni tugallanmasdan ham qolishi mumkin, bunda virion hosil
bo‘lmaydi va abortiv infeksiya kelib chiqadi.Ayrim viruslar o‘zining genetik material ini
xo‘jayin hujayra xromosomasiga provirus ko‘rinishida o‘tkazish qobiliyatiga ega. Provirus
bo‘linish jarayonida hujayra xromosomasi bilan birgalikda replikatsiya qilinadi va yangi qiz
hujayraga o‘tadi. Virusli infeksiyaning bunday shakli integrativ deb nomlanadi va uzoq vaqt
saqlanishi yoki yana produktiv infeksiyaga aylanishi mumkin.
References:
1.
Rаsulоvа T.Х., Dаvrаnоv K.D., Jurаеvа U.M., Mаgbulоvа N.А. Mikrоbiоlоgik tаdqiqоtlаr
uchun uslubiy qo’llаnmа.T.: 2012.
2.
Mirхаmidоvа R., Vахаbоv А.Х., Dаvrаnоv K., Tursunbоеvа G.S. Mikrоbiоlоgiya vа
biоtехnоlоgiya аsоslаri. Tоshkеnt: 11m Ziyo. 2014.
3.
Rаsulоvа T.Х., Mаgbulоvа N.А. Руководство к лабораторным работам по
микробиологии. T.: 2015.
Dostları ilə paylaş: |