Ribonuklein kislotalar ( RNK)
Ribonuklein kislotalar hujayraning hamma qismida uchraydi. Hujayra tarkibida uchraydigan RNK lar molekulasining massasi, kimyoviy tuzilishi va vazifasiga qarab bir-biridan farq qiluvchi bir necha xillari mavjud:
1. Hujayradagi RNKning 65-80% ga yaqinini ribosom RNK (r-RNK) tashkil qiladi. Mazkur RNK hujayraning maxsus organoidi ribosomalarda to`plangan. Ular tarkibida bir-biridan farq qiladigan r-RNK turlari -5S, 8S, 28S lar aniqlangan. Ularning molekulyar massasi 1,5-2 mln ga teng va 4000-6000 mononukleotid qoldig`idan tashkil topgan. R-RNK hujayrada oqsillar bilan birikib, ribonukleoproteid zarrachalarini tashkil qiladi. Ribosom RNKlar oqsil sintezlovchi organoidlarning strukturasini tashkil qilishda ishtirok etadilar. Ribosom RNKlardan (28S, 18S va 5S) ayrimlari yadrochada joylashadi. Ribosom RNK 2-10% ni yadrodagi geterogen yadroli (g-ya RNK) RNK tashkil qilib, ular m-RNK ning dastlabki shakllanishida ishtirok etishi aniqlangan.
Hozirgi kunda 300 dan ortiq t-RNK larning nukleotid qatori aniqlangan. Molekula tarkibida purin va pirimidin azot asoslarining metillangan hosilalari uchraydi. Minor komponentlarga yana t-RNK tarkibida digidrouridin va psevdouridinlar kiradi. T-RNK birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturaga ega.
3. RNK ning uchinchi turi informatsion RNK (i-RNK) yoki vositachi m-RNK (mesenjer) deb ataladi. RNK ning bu turi umumiy RNK ning 5% ini tashkil etadi. U ham sitoplazmada va yadroda uchrab, nukleotid tarkibi bo`yicha DNK molekulasini muayyan bir qism nukleotidlarning nusxasi hisoblanadi. Bu RNK DNK molekulasidagi axborotni oqsil sintezlaydigan orgonoid-ribosomalarga olib boradi. I-RNKning molekulyar massasi bir millionga yaqin bo`lib, ularning nukleotid tarkibi sintezlanayotgan oqsilning molekulyar og`irligiga qarab har xil bo`ladi. I-RNK ning sintezlanishi yadroda boshlanib, so`ng sitoplazmaga o`tib ribosomaga o`rnashadi va oqsil sintezida qolip (matritsa) rolini bajaradi.
Informatsiya RNK bir necha qismlardan tashkil topib, uning informativ qismi oqsil sintezida matritsa vazifasini bajaradi. Informativ bo`lmagan qismi poliadenin fragmentlaridan tashkil topgan (50-400 nukleotid qoldig`idan iborat). I-RNK molekulasidagi poli A yonida 30 nukleotiddan tashkil topgan aktseptor qismi bo`lib, u ribosoma bilan bog`lanishda ishtirok etadi. Molekulaning 5/ oxirida alohida struktura bo`lib, uni KEP (inglizcha cap-qalpoq) deb ataladi. U 7-metil guanozintrifosfat bo`lib, RNKni ferment ta'siridan saqlab, translyatsiyada ishtirok etadi. I-RNK molekulasidagi noinformativ qismi, molekulani bir me'yorda turishini ta'minlaydi. Informatsiya RNKning sintezi yadrodan boshlanib, sitoplazmada yakunlanishiga "protssesing", ya'ni RNK ning yetilish jarayoni deyiladi. Ribonuklein kislotalar (RNK) ning kimyoviy tuzilishi DNK ga o`xshash, faqat RNK tarkibida timin o`rnida uratsil va dezoksiriboza o`rnida riboza uchraydi. Ular asosan UMF, SMF, AMF va GMF lardan tashkil topgan. RNK ham nukleotidlarning bog`lanishi xuddi DNK ga o`xshash, ya'ni nukleotidlar o`zaro fosfodiefir bog`lari orqali birikadilar. RNK molekula tarkibida oz miqdorda bo`lsa-da, 5-metiltsitozin, 1-metilguanin va psevdouratsillar uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |