Monosaxaridlarning fizik-kimyoviy xossalari.Ular polifunksional birikmalar bo`lib, eritmalarda karbonil guruhi, spirt va yarimatsetaldagi gidroksillarni uchratish mumkin. Shu monosaxarid guruhlarining har biri alohida kimyoviy reaksiyalar bilan xarakterlanib, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Aldozalar oksidlanganda quyidagi uchta kislotalar sinfi hosil bo`ladi: aldon, aldaron va alduronlar. Aldon kislotalar kuchsiz oksidlovchi va fermentlar ishtirokida C-1 karboksil guruhini oksidlanishidan hosil bo`ladi. Jumladan, glyukozadan glyukon kislotasini, mog`or zamburug`lari glyukoza eritmasida paydo qilishini kuzatish mumkin.
Oksidlovchilar kuchli bo`lsa, faqat aldegid guruhi emas, balki birlamchi spirt gidroksili ham oksidlanib, glyukozadan qand kislotasi hosil bo`ladi.
O ksidlanish monosaxaridlardagi birlamchi spirt guruhidagi gidroksilda sodir bo`lsa, uron kislotalari hosil bo`ladi.
Uron kislotalari fermentlar ishtirokida o`simliklarda sentezlanib, katta ahamiyat kasb etadi. Glyukozadan glyukuron, galaktozadan galakturon kislotalari hosil bo`lib, ular piktin moddalari va murakkab polisaxaridlar tarkibida uchraydi. Ularni umumiy holda poliuronidlar deyiladi. Poliuronidlar organizmda himoya vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Masalan, glyukuron kislotalar bilirubin moddasini, bir necha xil ksinobiotiklarni va dorivor moddalarni zaharsizlantirishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |