Vitaminlar klasifikatsiyasi tuzilishi, funksiyasi


Oqsillar kimyoviy tarkibi. Aminokislatalar ularning fizik kimyoviy xosalari. Oqsillar klasifikatsiyasi



Yüklə 186,26 Kb.
səhifə21/23
tarix02.01.2022
ölçüsü186,26 Kb.
#38787
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
biokimyo

Oqsillar kimyoviy tarkibi. Aminokislatalar ularning fizik kimyoviy xosalari. Oqsillar klasifikatsiyasi.

Oqsillar – azot tutuvchi makromolekulalardan tashkil topgan biopolimerlardir. Ular peptid bog`lari orqali bog`langan aminokislotalardan hosil bo`lib, proteinlar deb ataladi (protos-yunoncha birlamchi, muhim demakdir).

Tirik organizmlarning asosiy qismlarini oqsillar egallab, nam vazniga nisbatan 25 % ni, quruq og`irligini 45-50 % ini tashkil qiladi. Tarkibida 50- 59 % uglerod, 6,5 - 7,3 % vodorod, 15 - 18 % azot, 21 - 24 % kislorod va 2,5 % gacha oltingugurt tutadi. Ular tarkibida ba'zan fosfor ham uchraydi.

Oqsillar tarkibidagi azot miqdori doimiy bo`lib, o`rta hisobda 16% ni tashkil etadi. Shuning uchun ilmiy-tadqiqot izlanishlarida mahsulotlardagi oqsil tarkibidagi azot miqdoriga qarab aniqlanadi. Buning uchun oqsil tarkibidagi azot mikdorini 6,25 ga ko`paytiriladi.100% oqsil tarkibidagi azot 16 % ga teng, demak, 100 : 16 6,25.

Ayrim oqsillar tarkibida temir, mis, yod, marganets va boshqa elementlar uchraydi.

Oqsillar organizmning tarkibiy qismi bo`lib, hayotiy faoliyatlarda birinchi o`rinda turganliklari uchun jonzotlarning "qora ishchilari" deb nomlanadi. Ular tirik organizmda quyidagi vazifalarni bajaradilar:

● Katalitik faol oqsillar fermentlar deb ataladi. Hujayrada sodir bo`ladigan kimyoviy jarayonlar aynan shu fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Organizmdagi barcha fermentlar oqsillardir. Lekin, hamma oqsil ham ferment bo`la olmaydi.

● Hujayra va umuman, butun organizmda sodir bo`ladigan modda almashinuvining boshqarilishi va integratsiyasi oqsil tabiatli gormonlar orqali amalga oshadi.

● Hujayra membranasida joylashib har xil modda va ionlarni bir-birlaridan ajrata oladigan retseptorlar ham oqsillardir.

● Oqsillar hujayra va to`qima membranalari orqali transport vazifasini bajaradi. Jumladan, gemoglobin kislorodni, qon zardobidagi albumin yog`larni, ayrim oqsillar esa mis, temir atomlarini, sitoxrom esa elektronlarni kerakli joylarga etkazishda xizmat qiladi.

● Oqsillar organizm strukturasini shakllantirishda ishtirok etadi. Hujayra strukturasini tashkil qiluvchi organiodlarning asosiy qismi oqsillar bo`lib, ular yangilanishida ham oqsillar qurilish materiali sifatida ishtirok etadi. Strukturali oqsillarga hujayralarni birlashtiruvchi matriks sifatida xizmat qiluvchi kollogen va retikulinlar kiradi. Soch, tirnoq tarkibidagi mustahkam kerotin ham oqsildan iborat.

● Fermentlarning ingibitorlari endogen oqsillar bo`lib, ular ferment faolligini boshqaradilar.

● Ayrim hujayra va organizmlarning qisqarishi va harakatlanishi ulardagi qisqaruvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan oqsillarga bog`liq. Misol tariqasida, mushak to`qimalarining qisqarishida, mimoza o`simligining o`zgarishida aktin va miozin oqsillari ishtirok etadi. Ayrim hujayralarning harakat qilishiga tubulin oqsili sababchi bo`ladi. Ba'zi hujayralardagi xivchinlar, kipriklarning harakati ham oqsillarga bog`liq bo`lib, ular kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylantiradi, shu sababdan hujayra, mushaklar qisqarib harakat qiladilar.

● Oqsillarning ayrimlari toksik va zaharli xususiyatga ega. Ayrim hasharot, ilon va mikroorganizmlar boshqa organizmlar uchun zahar sifatida ta'sir qiluvchi oqsillarni sintezlaydi.

● Antitela yoki immunoglobulin oqsillari organizmda himoya vazifasini bajaradilar. Ular suyaklardagi ilikda sintezlanadi. Tashqaridan hayvon organizmiga viruslar va mikroorganizmlar tomonidan kasal tarqatuvchi antigen yuborilsa, ular antitelalar bilan bog`lanib, antigen faolligini yo`q qilib, organizmni har doim himoya qiladi.

● Genlarning faoliyat ko`rsatishida, ya'ni ekspressiyasida ham oqsillar bevosita ishtirok etadilar.

● Oziq-ovqat va ularning zahiralari sifatida oqsillar xizmat qiladi. Jumladan, g`alla o`simliklarining tarkibidagi prolamin va glyutilenlar, parranda tuxumlari tarkibida mavjud bo`lgan ovalbuminlar zahira oqsillaridir.

Oqsillar yuqoridagi vazifalari bilangina chegaralanmaydilar ularning vazifalari keng qamrovlidir. Oqsillarning nihoyatda xilma-xil vazifa bajarishi, ular kimyoviy tuzilishining murakkab ekanligidan darak beradi.

O`simliklarning barcha a'zolarida ham oqsillar bo`ladi. U dukkakli o`simliklar urug`ida ko`p bo`lib, vegetativ a'zolarida 5-15 % gacha bo`ladi.

Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo`lib, aminokislotalardan tashkil topgan. Protenogenli aminokislotalar oqsillarning strukturali bloklari yoki monomerlari sifatida L - qatoriga mansub α – aminokislotalar hisoblanadi. Aminokislota karbon kislotalari bo`lib, undagi bitta uglerod atomi amina va karboksil guruhlarini tutuvchi birikmalardir. NH2 guruhi hamma vaqt  uglerod atomidan o`rin olib, umumiy formulasi quyidagicha:



Bu formuladagi radikal o`rnida har xil funktsional guruhlar uchraydi. Aminokislotalar shu funktsional guruhlarga qarab bir-biridan farq qiladi. Нozirgi kunda 150 ga yaqin aminokislotalar aniqlanib, oqsillar tarkibida faqat ularning 20 xili uchraydi. Shuning uchun oqsil tarkibida uchraydigan aminokislotalarni protenogenlilar deyiladi. Aminokislotalarni qutblanishi va radikallari buyicha sinflarga ajratish mumkin.

Aminokislotalar kimyoviy tuzilishiga ko`ra alifatik (ochiq zanjirli) aromatik (halqali) va geterosikliklarga ajraladi. Ular qo`shimcha funksional guruhlar tutishiga qarab dikarbon, diamin aminokislotalar, oksiaminokislotalar, oltingugurt tutuvchi aminokislotalar va boshqa guruhlarga bo`linadi.

Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari

Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari ular tarkibidagi aminokislota qoldiqlarining radikallariga bog`liq. Oqsillar kimyoviy, fizikaviy va biologik xossalari bo`yicha bir-birlaridan farqlanadilar.

Oqsillarning muhim fizik xossalaridan biri ularning optik jihatdan faol bo`lishidir. Ular qutblangan nur sathini chap yoki o`ngga og`dira oladi. Shuningdek, ular yorug`lik nurini sindirish, tarqatish, ultrabinafsha nurlarni yutish xususiyatiga ega. Oqsillarning bu xossalaridan ularning miqdorini, molekulyar massasini aniqlashda foydalaniladi.

Oqsillar oq kristall (rangli oqsillar ham bor-gemoglobin ) modda bo`lib, molekulyar massasi 6000 dan bir necha yuz daltongacha boradi. Oqsillar katta makromolekulyar bo`lganligi uchun suvda kolloid eritmalar hosil qiladi. Ular suvda eriganda molekulasi ma'lum zaryadga ega bo`lganligi uchun suvning qutbli molekulalari bilan o`zaro munosabatda bo`ladi. Bunda oqsil molekulasi suv pardasi (dipol) bilan o`raladi.

Oqsillarning eruvchanligi ularning tarkibidagi aminokislotalarga va eritmalarga bog`liq. Misol uchun, albuminlar suvda va kuchsiz tuzli eritmalarda eriydi. Kallogen va karatinlar ko`pchilik eritmalarda erimaydi. Eritmalarda oqsillarning stabil, turg`un holatda bo`lishi undagi zaryadlarga va gidratli qobiqlarga bog`liq. Eritmaning pH muhiti oqsilning zaryadiga bu esa o`z navbatida eruvchanligiga bevosita ta'sir qiladi.

Gidrofil kolloidlarning eng muhim xususiyatlaridan biri gel hosil qilishidir. Bunda kolloid zarrachalari bir-biri bilan yopishib, g`ovaksimon struktura hosil qiladi. Mazkur bo`shliqlar g`ovaklar hisobiga suv biriktirib, ular turli darajada bo`kishi mumkin. Ularning bunday xossalari biologik vazifalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oqsillar o`z sathlarida kichik molekulali organik birikmalarni va anorganik ionlarni adsorblash xususiyatiga ega. Bu ularning transportli vazifani bajarishida qo`l keladi.




Yüklə 186,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin