Vitaminlar klasifikatsiyasi tuzilishi, funksiyasi


Uglevodlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati



Yüklə 186,26 Kb.
səhifə18/23
tarix02.01.2022
ölçüsü186,26 Kb.
#38787
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
biokimyo

Uglevodlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati.
Tirik tabiatda keng tarqalgan biopolimerlardan biri uglevodlardir. Ular hujayra tuzilishida va hayotiy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Uglevodlar o`simlik tarkibiy qismining 80-90 % ini tashkil qiladi. Нayvon va odam organizmida ularning miqdori kam bo`ladi. Eng ko`p uglevodlar jigarda (5-10 %), skelet mushaklarida (~0,5 %) va bosh miyada (0,2 %) uchraydi.

Uglevod С, Н, О atomlaridan tashkil topgan bo`lib, ular tarkibidagi vodorod va kislorodning o`zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o`xshash, ya'ni 2:1 bo`ladi. Uglevodlarning tarkibi (СН2О)n lardan iborat bo`lib, uglerodning gidrati degan ma'noni beradi. Lekin ba'zi uglevodlarning tuzilishi ko`rsatilgan formulaga mos kelmasligi aniqlangan. Ularga bundan 100 yil ilgari berilgan nom to`g`ri bo`lmasa ham, fanda shu davrgacha ishlatilmoqda. O`tgan asrning 20-yillarida ularga gletsid degan nom berilgan edi. Lekin bu nom fanda o`z o`rnini topgani yo`q.

Uglevodlarning strukturasi organik kimyoda keng bayon qilingan bo`lsa ham, biz ularning tuzilishi va fizika-kimyoviy xossalarini biokimyo g`oyasi asosida qisqacha talqin qilishga harakat qilamiz.

Uglevodlar tarkibida kichik molekulyar massadan bir necha millionga boradiganlari bor. Tarkibidagi qandlarning soniga qarab, ular: monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlarga bo`linadi.

Monosaxaridlar oddiy qandlardir. Ular struktura bo`yicha bitta birlikdan iborat bo`lib, gidrolizga uchramaydi. Monosaxaridlar - poligidroksialdegidlar yoki poligidrooksi-ketonlardir.

Oligosaxaridlar tarkibida 2 dan 10 gacha monosaxarid qoldig`i bo`lib, ular glikozid bog`lari orqali bog`lanadilar. Polisaxaridlar monosaxaridlardan tashkil topgan yuqori molekulali moddalar. Ularning polimerlanishi 10 ta monosaxaridlarnikidan yuqori bo`lib, o`zaro glikozid bog`lari orqali bog`lanadilar.

Uglevodlar vazifasi. Uglevodlar biosferada tarqalgan eng ko`p organik birikmalardir. Ular o`simlik va hayvon organizmlarida ikki katta vazifani bajaradilar:

● Uglevodlar oqsil, nuklein kislotalar, yog`lar va boshqa moddalar sintezida zarur bo`lgan uglerod manbaidir.

● Organizm energiyasining 70 % i uglevodlar hisobiga hosil bo`ladi. 1 gramm uglevod oksidlanganda ≈ 16,9 kDj energiya ajraladi.

Uglevodlarning yana boshqa vazifalari ham mavjud :

● Ular zaxira vazifasini o`taydilar, jumladan, kraxmal va glikogin glyukozaning vaqtinchalik saqlanadigan deposi hisoblanadi.

● Sellyuloza va boshqa polisaxaridlar o`simlik uchun mustahkam poydevor hisoblanib, ular oqsil, lipid bilan kompleks holda, biomembrana tarkibida strukturalik vazifasini bajaradi.

● Geteropolisaxaridlar biologik suritkich moddalar bo`lib, ularga oshqozon ichak yo`llarida, burun, quloq, bronx va traxeyalardagi shilimshiq moddalar kiradi.

● Uglevodlarning yuqoridagi vazifalaridan tashqari, yana spetsifik vazifalari ham bor - gibrid (kompleksli) molekulalar, jumladan glikoprotein va glikolipidlarni hosil qiladilar. Glikoproteinlarni hujayralar bir-birini sezishda markerli, spetsifik antennalik, qon guruhlarini ajratishda, retseptorlik, katalitik kabi qator vazifalari borligi aniqlangan.




Yüklə 186,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin