Vitaminlar klasifikatsiyasi tuzilishi, funksiyasi



Yüklə 186,26 Kb.
səhifə20/23
tarix02.01.2022
ölçüsü186,26 Kb.
#38787
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
biokimyo

Oligosaxaridlar. Tabiatda keng tarqalgan oligosaxaridlardan disaxaridlardir. Ikkita monosaxarid molekulasidan suv ajralib chiqishi natijasida disaxarid hosil bo`ladi:


Disaxaridlar ikki xil bo`lib, bir guruhi qaytariluvchilar, ikkinchilari esa qaytarila olmaydigan oligosaxaridlarga bo`linadi.

Qaytaruvchi disaxaridlarda monomerlar o`rtasidagi spirt va yarimatsetal gidroksidlar o`zaro reaksiyaga kirishib, monosaxaridlarning birida yarimatsetal gidroksili erkin qolib, u qaytarish xususiyatini beradi.

Qaytarmaydigan disaxaridlarda esa glikozid bog`i ikki monosaxaridlarning yarimatsetal gidroksillari hisobiga hosil bo`lib, yarimatsetaldagi gidroksil bo`lmagani uchun, u qaytarish xususiyatiga ega bo`lmaydi.

Polisaxaridlar.Monosaxaridlardan tashkil topgan biopolimerlarni polisaxaridlar tashkil qiladi. Polisaxaridlar tarkibida bir xil monosaxarid bo`lsa, ularni gomopolisaxaridlar, ulardagi monomerlar turli xil bo`lsa, geteropolisaxaridlar deb ataladi. Polisaxaridlarning bu ikki katta guruhidan tashqari, asosan ulardan farq qiladigan bakteriya va zamburug`larda uchraydigan polisaxaridlar ham mavjud. Ular geteropolisaxaridlar sinfiga mnsubdir.Gomopolisaxaridlarning nomlanishi ularning tarkibidagi redutsiyalovchi monosaxarid nomidagi oza o`rniga -an suffiksi qo`shib aytiladi. Masalan, glyukanlar, mananlar va hokazo.Geteropolisaxaridlar shoxlangan monosaxarid o`rnida mannoza bo`lsa, mannoglyukanlar deb nomlanadi. Muhim fiziologik gomopolisaxaridlarga kraxmal, glikogen kirsa, geteropolisaxaridlar uchun vakil sifatida gialuron kislota, xondoginsulfat va geparinlarni keltirish mumkin.Gomopolisaxaridlardan kraxmal glyukoza qoldiqlaridan iborat. U fotosintez jarayonida hosil bo`lib, o`simliklar donida, ildizmevalarida va boshqa qismlarida zahira ozuqa sifatida to`planadi. Uning miqdori bug`doyda 75%, kartoshkada 12-24%, barglarda 4% atrofida bo`ladi. Kraxmal kimyoviy tarkibi bo`yicha ikki xil fraktsiyadan iborat: amiloza 15-25% va amilopektin 75-85% dan tashkil topgan.

Amilozaning molekulasi uzun zanjirli tuzilishga ega bo`lib, -D- glyukopiranoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Undagi glikozid bog`lar  -1-4 dan iborat.



Amilozada glyukoza qoldiqlari shoxlanmagan bo`lib, molekulyar massasi 16 dan 160 kDa ga boradi. Yod ta'sirida binafsha rang beradi.

Amilopektin molekulasi ham -D-glyukopiranoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Lekin undagi zanjir shoxlangan, ya'ni unda -1→4 bog`lardan tashqari .-1→ 6 bog`lar ham mavjud. Yon shoxlar ko`p bo`lishiga qaramay, ancha qisqa bo`ladi.


Yüklə 186,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin