Kasrlarni taqqoslash . Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarning tengligi.
Kasrlarni taqqoslash. Sonni kasriga ko‘ra o‘zini topish.
To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar . To‘g‘ri kasrlar. Noto‘g‘ri kasrlar.
Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish . Bir xil maxrajli kasrlarni
qo‘shish. Bir xil maxrajli kasrlarni ayirish.
Bo‘lish amali va kasr .
O‘tilganlarni takrorlashga doir masalalar 7-nazorat ishi. Nazorat ishi tahlili, xatolar ustida ishlash. Aralash sonlar. Aralash sonlar. Aralash sonnning butun va kasr qismi.
Sonlar nurida oddiy kasrlarni tasvirlash. Noto‘g‘ri kasrni aralash songa va aralash
sonni noto‘g‘ri kasrga aylantirish algoritmlari.
Aralash sonlarni qo‘shish va ayirish. Aralash sonlar qo‘shish. Aralash
sonlarni ayirish.
Kasrga doir masalalar . Bo‘laklarga doir masalalar.
V bobni takrorlashga doir masalalar 8-nazorat ishi. Nazorat ishi tahlili, xatolar ustida ishlash. Shuningdek, “Matematika” 5-sinf darsligi “Oddiy kasrlar” bobining
boshlanishida mazkur bobda o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalar keltirilgan. Bu ko‘rsatkichlar davlat ta’lim standartining kichik
zarrachalaridan iborat o‘ziga xos o‘quv maqsadlari bo‘lib, ulardan 7-nazorat ishiga
taaluqlilarini aniqlashtirib quyidagi tartibda belgilab chiqamiz (M1- belgilash
birinchi maqsadni bildiradi va hokazo):
−
(M1) Ulushlar va oddiy kasrlardan tayanch darajada foydalana olish;
−
(M2) Kasrlarni taqqoslash va sonni kasriga ko‘ra o‘zini topish;
−
(M3) To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlarni bir-biridan farqlay olish;
−
(M4) Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirishni bajara olish;
−
(M5) Sonlar nurida oddiy kasrlarni tasvirlay olish;
Shunday qilib, biz nimani baholashni aniqlab oldik. Endi qanday, nimalar
yordamida baholash haqida o‘ylab ko‘ramiz.