Bu jadvaldan har bir o‘quvchining natijasini ko‘rish mumkin. Aliyeva, …
Zayniyevlar bahosi chegaradagi baholarga to‘g‘ri kelgan.
Ularga xatolar ustida
ishlash darsida e’tibor berish va harakati bo‘lsa, baholarini ko‘tarish haqida o‘ylab
ko‘rish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, jadvaldan har bir topshiriqning
qiyinlik darajasini ham
aniqlash mumkin bo‘ladi. Buning uchun jadvalning oxirgi
qatorlaridagi sonlarga
e’tibor qaratish kifoya.
Masalan, 1-topshiriqni oladigan bo‘lsak, unga beriladigan maksimal ball 1
ball bo‘lib, 35 ta o‘quvchi bor sinfda jami 35x1=35 ball to‘plash mumkin edi. Sinf
bo‘yicha bu topshiriq uchun jami 30 ball to‘planib, u jami maksimal ballning 85%
ni tashkil qiladi. Demak, bu topshiriqni ko‘pchilik bajargan.
17-topshiriqni olib qaraydigan bo‘lsak, unga beriladigan maksimal ball 3
ball bo‘lib, 35 ta o‘quvchi bor sinfda jami 35x3=105 ball to‘plash mumkin edi.
Sinf bo‘yicha bu topshiriq uchun jami 25 ball to‘planib, u jami maksimal ballning
23% ni tashkil qiladi. Demak, bu topshiriqni ko‘pchilik bajara olmagan. Bu
topshiriqni keyingi sinfda variantga kiritish yoki kiritmaslikni o‘ylab ko‘rish kerak
bo‘ladi. Balki, uni tuzatib, yengilroq yechiladigan ko‘rinishga keltirish kerakdir.
Nazorat ishi tahlil shunga o‘xshash jihatlarni qamrab olishi lozim bo‘ladi.
Shu tariqa nazorat ishlari takomillashtirib boriladi.
Dostları ilə paylaş: