0-6
0 - 20%
1
7-12
21 - 40%
2
13-18
41 - 60%
3
19-24
61 - 80%
4
25-30
81 -100%
5
5- sinfda “Oddiy kasrlar” bobiga doir o‘quvchilar yutuqlarini
baholash bo‘yicha 7-nazorat ishi variant namunasi
Odatda nazorat ishining bir-biriga teng kuchli bo‘lgan 2
xil variantda
tuziladi. Lekin, ob’ektivlikni ta’minlash uchun variantlar sonini 4 ta qilib tuzgan
ma’qul. Quyida shunday variantlardan birini namuna sifatida keltiramiz. Undan 18
ta rang-barang topshiriq o‘rin olgan. Topshiriqlar qoloq o‘quvchilardan toptib,
a’lochi o‘quvchilargacha moslab tuzilgan.
Topshiriqlar soni nega buncha ko‘p? Bu
topshiriqlarni tahlil qilib
chiqqandan so‘ng bu savolga javob topishingiz mumkin. Nazorat ishini bajarish
uchun a’lochilar uchun ham vaqt yetar-yetmas bo‘lishi muhim. Shunda hamma ish
bilan mashg‘ul bo‘lib, ko‘chirmachilikka vaqt qolmaydi.
Bunday nazorat ishi topshiriqlarini o‘tkazishda
quyidagi tashkiy ishlarga
ham e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Topshiriqlar ko‘p bo‘lgani uchun, ularni
daftarga ko‘chirib yozish ham ko‘p vaqtni olib qo‘yadi. Vaqtdan yutish maqsadida
har bir o‘quvchiga nazorat ishi topshiriqlarini alohida bir varaq qog‘ozga
bosmadan chiqarib tarqatish lozim bo‘ladi. Bir varaq qog‘oz
ikkiga buklanib,
tepada dastlab nazorat ishi nomi yoziladi, so‘ng esa nazorat ishi topshiriqlari to‘liq
keltiriladi. Nazorat ishi varag‘ida o‘quvchilar o‘z ism familiyalari, sinfi va nazorat
ishi nomerini yozishadi. So‘ng har bir topshiriqqa ajratilgan joylarni talab qilingan
yozuvlar bilan to‘ldiradilar. Yuqorida keltirilgan variantda javoblar uchun maxsus
joylar tashlab ketilgan. Topshiriq turidan kelib chiqib, tegishli javoblar doiraga olib
belgilanadi, topshiriqda aytilgan tegishli sohalar bo‘yaladi, shakllar chiziladi,
chiqiqlar chizib mosliklar o‘rnatiladi, qoldirib ketilgan
belgi va sonlar yoziladi,
sonli qisqa javoblar (yechimsiz) ajratilgan joyga yoziladi, to‘liq
yechimlar esa
qoldirilgan joyda keltiriladi. Dars oxirida varaqlar yig‘ib o‘qituvchiga topshiriladi.
Shuningdek, agar maktabda kompyuter sinflari yyetarli bo‘lsa, bunday
nazorat ishlarini kompyutyerda o‘tkazgan ma’qul bo‘ladi.
Bu holda, albatta
topshiriqlarini kompyutyerda tekshirishga moslab qayta tuzish lozim bo‘ladi.
Kompyutyerda test olisga mo‘ljallangan ko‘plab
tayyor kompyuter dasturlari
mavjud. Masalan, iSpring QuizMarker deb nomlangan dastur juda qulay va
ko‘rgazmali qilib ishlangan bo‘lib, 12 xil tipdagi topshiriqlar asosida nazorat ishini
o‘tkazishga mo‘ljallangan.