tuzamiz). Bu topshiriqlarning yarmini 1 darajali, 30 foizini 2 – darajali va qolgan
20 foizini esa 3-darajali qilib tuzamiz.
1-darajali topshiriqlar aqliy faoliyatga doir “bilish va tushunish”ni
aniqlaydigan topshiriqlardan iborat qilib tuziladi.
2-darajali topshiriqlar aqliy faoliyatning “qo‘llash” ko‘nikmalarini
aniqlaydigan topshiriqlardan iborat qilib tuziladi.
3-darajali topshiriqlar esa aqliy faoliyatning “mulohaza yuritish”
ko‘nikmalarini aniqlaydigan topshiriqlardan iborat qilib tuziladi.
Topshiriqlar
soni
foizi
bali
1-darajali (bilish va tushunish)
9
50%
9 x 1 = 9
2-darajali (qo‘llash)
6
33%
6 x 2 = 12
3-darajali (mulohaza yuritish)
3
17%
3 x 3 = 9
Jami
18
100%
30
Shunday qilib, nazorat ishi variant 9 ta – 1 balli, 6 ta – 2 balli va 3 ta – 3
balli topshiriqlardan tashkil topishini rejalashtirdik.
Har bir topshiriq alohida quyiudagi mezonlar asosida baholab chiqiladi:
Nazorat ishini topshiriqlarini baholash mezonlari
1 ballik topshiriqlarga to‘liq javob berilsa, 1 ball beriladi. Aks holda 0 ball
beriladi.
2 ballik topshiriqlarga to‘liq javob berilsa yoki ikkitagacha muhim
bo‘lmagan jo‘ziy kamchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, maksimal 2 ball beriladi.
Agar topshiriqlarning
1
2
qismi bajarilgan va qo‘pol xatolar bo‘lmasa bo‘lsa, 1 ball
beriladi. Qolgan hollarda 0 ball beriladi.
3 ballik topshiriqlarga to‘liq javob berilsa yoki ikkitagacha muhim
bo‘lmagan jo‘ziy kamchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, maksimal 3 ball beriladi.
Agar topshiriqlarning
2
3
qismi bajarilgan va qo‘pol xatolar bo‘lmasa, 2 ball
beriladi. Agar topshiriqlarning
1
3
qismi bajarilgan bo‘lsa, 1 ball beriladi. Qolgan
hollarda 0 ball beriladi.
Jami to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, quyidagi jadval asosida
baholarga o‘tiladi:
Dostları ilə paylaş: