Vositalari



Yüklə 193,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix15.06.2023
ölçüsü193,58 Kb.
#130595
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vt916MTYscZ31W81F487CVjnx6q5OYe1BeSO6wYn



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” LOYIHASI 
 
 
“O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH USULLARI VA 
VOSITALARI”
moduli bo‘yicha 
 
“MATEMATIKA FANIDAN O‘QUVCHILAR YUTUQLARINI 
BAHOLASHGA YANGICHA YONDASHUVLAR” O‘QUV KURSINING 
 

“MATEMATIKA FANIDAN BAHOLASH BO‘YICHA ILG’OR XORIJIY 
TAJRIBALAR VA YANGICHA YONDASHUVLAR”
mavzusi bo’yicha ma’ruza matni 
 
 
Ma’ruzachi: B.K.Xaydarov - Toshkent shahar XTXQTUMOHM 
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professori, f.-m.f.n. 
Toshkent - 2022 
 


1-Mavzu: Matematika fanidan baholash bo‘yicha ilg‘or xorijiy 
tajribalar va yangicha yondashuvlar 
Reja: 
1. Matematika fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma 
va kompetensiyalarini baholash.
2. Matematika fanidan baholashdagi muammolar tahlili. 
3. Turli mamlakatlardagi baholash tizimlari.
4. Baholashga yangicha yondashuvlar. 
5. Dars maqsadlari va baholash mezonlari orasidagi mutanosibliklar.
6. O‘zlashtirish darajalari. 
 
Matematika fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va 
kompetensiyalarini baholash. 
Baholash 
Baholash o‘quv jarayonining muhim va zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, u 
ta’limning joriy va yakuniy bosqichlarida o‘quvchilar faoliyati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish jarayonidan iborat. 
Baholashning maqsadi, vazifalari, predmeti, ob’ekti, tamoyillari, usullari, 
shakllari va vositalari ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari – maktab ma’muriyati, 
o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. 
Baholash tizimi – bu yutuqlarni o‘lchash va o‘quv muammolarini 
diagnostika qilishning asosiy vositasidir. U ta’lim sifatini, uning jahon 
standartlariga muvofiqligini aniqlashga, o‘qitish strategiyasi va taktikasi hamda 
ta’lim sohasidagi zamonaviy vazifalar, ta’lim mazmunini va ta’limning 
kutilayotgan natijalarini baholovchi shakllarini takomillashtirish bo‘yicha asosiy 
qarorlarni qabul qilishga imkon beradi.
Baholash – aslida olingan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarni o‘zaro 
bog‘lash jarayonidan iborat. 
Baholash tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan 
talablarni bajarilishida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va kompetensiyalarini 
xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va 
reytingini aniqlashdan iborat. 

Yüklə 193,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin