Vositalari


Dars maqsadlarni belgilash bo‘yicha yo‘riqlar



Yüklə 193,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix15.06.2023
ölçüsü193,58 Kb.
#130595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vt916MTYscZ31W81F487CVjnx6q5OYe1BeSO6wYn

Dars maqsadlarni belgilash bo‘yicha yo‘riqlar 
Dars maqsadlari – o‘rganish jarayoni natijalarining o‘quvchilar faoliyatiga 
nisbatan ifodasida namoyon bo‘ladi.
Maqsadlar aniq (konkret), korrekt va erishib bo‘ladigan tarzda ifodalanishi 
zarur.
Maqsadning aniqligi deganda umumiy tarzda ifodalashdan qochib, o‘quv 
maqsadini aniq va ravshan tavsuflash tushuniladi. Dars maqsadini aniqlashtirib 
kirgan o‘qituvchi, unga erishish uchun maqsadli o‘quv jarayonini tashkil qilib ko‘p 
narsaga erishadi. Mavhum, umumiy tavsiflangan maqsadlar esa o‘qituvchining 
dars davomidagi hatti-harakarlariga yo‘naltiruvchi kuch bermaydi. Natijada dars 
natijasi kutilgandek bo‘lmasligi mumkin.
Maqsadning korrektligi deganda, maqsadning ifodasi haqiqatdan ham 
kutilayotgan natijaga qaratilganligini ya’ni uning to‘g‘ri ifodalanganligini 
aniqlaydi. 
Maqsadlar vaqt, qanday o‘quv materialini qamrab olganligi va 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda shart-sharoitlardan kelib chiqib, 
erishib bo‘ladigan qilib belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqorida ta’kidlangandek, maqsadlar o‘quvchilar faoliyatiga nisbatan 
ifodalanishi kerak. Aksariyat hollarda, o‘qituvchilar dars maqsadlarini o‘z 
faoliyatlariga nisbatan (mavzuni bayon qilish, tushuntirish, teoremani isbotlab 
berish, tipik misollarni ishlab berish tarzida) belgilashadi. 
Ta’lim jarayoni natijasi o‘qituvchi bergan, tushuntirgan o‘quv materiallari 
bilan emas, balki o‘quvchilar qabul qiligan, o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalar 
bilan o‘lchanishini hisobga olsak, maqsadlarni yuqoridagi kabi belgilash - 
ma’nosiz ekanligi kelib chiqadi. Bu holda, dars oxirida o‘qituvchi dars maqsadiga 
erishdim, chunki mavzuni tushuntirib berdimku, deb iddao qilishi mumkin bo‘lib 
qoladi. Shu bois, darsning maqsadlari bevosita o‘quvchining o‘rganish faoliyati
hatti-harakatlari natijasiga nisbatan belgilanishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. 
Misol tariqasida, quyidagi maqsadni tahlil qilaylik: “Pifagor teoremasining 
mohiyatini tushuntirib berish”. Bu maqsad o‘qituvchi faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, 
u noto‘g‘ri ifodalangan. Keling shu maqsadni tuzataylik. Uni ikkita kichik 


maqsadchalar ko‘rinishida qayta tavsiflash va aniqlashtirish mumkin: 1. “Pifagor 
teoremasini bilish”; 2. “Pifagor teoremasini sodda misolda qo‘llay olish”. 
Maqsadning bunday aniqlashtirilishi o‘quv natijalari haqidagi umumiy 
tasavvurdan ma’lum bir etalonga, o‘quvchi tomonidan erishilishi lozim bo‘lgan 
mezonga o‘tishga yordam beradi.
Dars maqsadlarini belgilash texnologiyasining tavsifi – bilim, ko‘nikma, 
malaka, ijodiy faoliyat tajribasini rivojlantirishning mumkin bo‘lgan o‘zlashtirish 
darajalariga bog‘liqliklarisiz to‘liq bo‘lmaydi. 

Yüklə 193,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin