8.
Boltiqbo‘yi
davlatlari
anglo-sakson
tizimini
afzal
ko‘rishdi
(Estoniyada hanuzgacha besh balli shkala qo‘llaniladi, “1” –
bajarilmagan ish
uchun baho) va hokazo;
9.
Belorusiya Respublikasi, Moldova, Gruziya 10 ballik tizimga o‘tdi.
10. Qirg‘iziston besh ballik reyting shkalasidan foydalanadi.
Jahon tajribasini sarhisob qilib, quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:
Aniq bo‘lmagan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan besh balli tizim an’anaviy
bo‘lib, zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga javob bermaydi. Keng tarqalgan ko‘p
balli
tizim
qiziqarli, ammo turli mamlakatlarda turli xil sonli ballarni qo‘llashadi; eng
maqbul yechim - bu yutuqlarning muayyan ballarni o‘zida
aks ettiradigan harflar
yoki sonlar bilan belgilanishidir.
Baholashdagi fikrlar xilma-xilligi va ushbu masala bo‘yicha
fikrlarning
xilma-xilligiga qaramay, ushbu tizimlarning barchasida birlashtiruvchi o‘zak bu -
mezonga asoslangan baholash va o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish
darajalarining tabalashtirilishidir.
Ko‘rib
turganingizdek, yangi talablar an’anaviy
besh ballik baholash
tizimini yangilash zarurligini anglatadi (bu baholash tizimida odatda baholar nisbiy
bo‘lib, u sinfning o‘zlashytirish darajasiga nisbatan aniqlanadi (turli o‘zlashtirish
darajasiga ega bo‘lgan sinflardagi bitta baho turlicha
yutuqlarga erishganlikni
ko‘rsatishi mumkin, masalan “kuchsiz” sinf o‘quvchisiga qo‘yilgan “5” baho,
“kuchli sinfdagi "4" yoki “3" bahoga to‘g‘ri kelishi mumkin).
Dostları ilə paylaş: