Vositalari



Yüklə 193,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix15.06.2023
ölçüsü193,58 Kb.
#130595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vt916MTYscZ31W81F487CVjnx6q5OYe1BeSO6wYn

Nima qilish kerak? 
Baholash tizimini takomillashtirish va ko‘p funksiyali qilish kerak, toki 
baholash tizimi: 
− o‘quvchining o‘quv materialini qay darajada muvaffaqiyatli 
egallaganligini yoki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirganligini aniqlashga imkon 
bersin;
− kognitiv (o‘rganish) faoliyatning turli sohalarida o‘quvchilar 
muvaffaqiyatining dinamikasini (o‘zgarishini) ko‘rsatsin;
− o‘quvchilarni rag‘batlantiruvchi, rivojlantiruvchi, o‘z-o‘zini baholashga 
yordam beradigan mexanizmga asoslangan bo‘lsin;
− “o‘qituvchi – o‘quvchi”, “ota-ona – sinf rahbari”, “maktab ma’muriyat-
o‘qituvchilar jamoasi” aloqalarini ta’minlasin.
Bu esa o‘z navbatida o‘quv jarayonini shakllantirishga tizimli yondashuvni 
va shu sababli uning yaxlitligini ta’minlaydi. Yangilangan ta’lim qarashlarining 
shakllanishi, kompetensiyaga asoslangan yondashuvga asoslangan yangi ta’lim 
standartlarining paydo bo‘lishi, tizimli va fanlararo xarakterga ega bo‘lgan 
o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini mezonga asoslangan baholashning yagona 
texnologiyasini izlashga, mezon asosida baholash texnologiyasining tashkiliy-


pedagogik asoslarini aniqlashga hamda o‘quvchilarning ta’lim va bilim qobiliyatini 
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan ushbu texnologiyani amaliy tatbiq etish 
modellarini aniqlashga yordam beradi.
Baholashda 
turli 
xil 
yondashuvlarning 
paydo 
bo‘lishi, 
albatta, 
kompetentsiyaga asoslangan yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi 
ta’limning asosli umumiy pedagogik kontseptsiyasini yaratishga yordam 
beradi . Bularning barchasi baholash tizimini rivojlantirishning zamonaviy 
tendentsiyalarini oldindan belgilab qo‘ydi va o‘quvchilarning individual 
yutuqlarini, zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish darajasini baholashning 
ma’lum mezonlari bilan taqqoslashdan iborat bo‘lgan mezonga asoslangan 
baholash texnologiyasining paydo bo‘lishiga ehtiyoj tug‘dirdi. 

Yüklə 193,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin