Vositalari


Yangi yondashuv: mezonga asoslangan o‘rganish



Yüklə 193,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix15.06.2023
ölçüsü193,58 Kb.
#130595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vt916MTYscZ31W81F487CVjnx6q5OYe1BeSO6wYn

Yangi yondashuv: mezonga asoslangan o‘rganish 
Mezonga yo‘naltirilgan 
ta’lim texnologiyasining 
asosiy 
jihati 
bu 
belgilangan standart va dastur talablariga muvofiq to‘liq o‘zlashtirishning 
belgilarini aniqlash va uning muayyan etaloni (mezonini) ifodalashdan iborat. 
Mezonga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining asosi – ilmiy asoslangan 
ta’lim maqsadlaridan iborat. O‘quvchilar tomonidan ongli qabul qilingan va 
anglangan ilmiy asoslangan o‘quv maqsadlari – o‘qituvchi va o‘quvchilar 
faoliyati ma’nolarining 
yaqinlashishiga olib keladi, ta’limning shaxsga 
yo‘naltirilganligini ta’minlaydi. 
Nimadan boshlash kerak? O‘quv maqsadlari 
Maktab amaliyotida, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
maqsadlari ajratib ko‘rsatiladi. (AQSh maktablarida ma’lum darajada shunga 
o‘xshash maqsadlar qo‘yiladi: kognitiv; ijtimoiy affektiv). 
Tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini bitta darsda amalga oshirish 
mumkin emas, ularni diagnostik jihatdan erishilganligini (hech bo‘lmaganda 
amaliyotda) aniqlash qiyin. Shuning uchun, bugungi kunda ularni har bir dars 
uchun emas, balki darslar tizimi uchun rejalashtirish, ko‘p haftalarga mo‘ljallangan 
tematik rejada shakllantirish tavsiya qilinadi. Shu bois ular har bir darsda 
yo‘naltiruvchi vazifani bajaradi. 
Tarbiyaviy va rivojlantiruvchi o‘quv maqsadlarini ta’lim standartlarida 
o‘quvchining amaliy faoliyati uchun mezon (etalon)lar shaklida ifodalashning 
imkoni yo‘qligi sababli, kelgusida mezonga asoslangan baholashda faqat o‘quv 
maqsadlari haqida fikr yuritiladi. 
O‘quv maqsadlarni shakllantirish ko‘pincha ilmiy emas, balki 
oddiy kundalik yoki intuitiv-mantiqiy yondashuvlarga asoslanadi. Darsning 
maqsadlari juda mavhum tarzda belgilanadi. O‘qituvchilarning dars maqsadlarini 
belgilash faoliyatidagi quyidagi kamchiliklarni qayd etish mumkin.


Birinchidan, maqsadlar juda konkretlashtirilmagan holda juda umumiy 
shaklda shakllantiriladi (masalan, geometrik masalalarni yechishda ijodiy va 
tizimli yondashuvlarni birlashtira olish; o‘qish paytida tanqidiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish; mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va hokazo).
Faqatgina jarayonni aks ettiradigan, ammo mashg‘ulot samarasini aks 
ettirmaydigan bunday maqsadlar deyarli o‘quvchi o‘z mahoratini rivojlantirish va 
takomillashtirishni qanday ko‘rsatishi kerakligi haqidagi savolga javob berishga 
imkon bermaydi. 

Yüklə 193,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin