Второй ташкентский государственный


Diffferensial diagnostika



Yüklə 170 Kb.
səhifə11/11
tarix02.01.2022
ölçüsü170 Kb.
#40648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 ЛЕКЦИЯ

Diffferensial diagnostika


Davolash usullari

  • Richaglar usuli

  • Fiziologik (segmentni charchashiga asoslangan)

  • Silkitish usuli

  • Metodik qo’shish



Davolash usullari

Asoratlanmagan chiqishlarda immobilizatsiya vaqti 3-4 haftagacha



  1. Funksional davo

  2. DJT

  3. Mushaklar elektrostimulyatsiyasi

  4. Reabilitatsiya


Asoratlari

Ummumiy Amaliyot Shifokori faoliyatida eng ko’p uchraydigan chiqish

YELKA BO’G’IMI CHIQISHI
Umumiy Amaliyot Shifokori faoliyatidagi son chiqishlari klinik diagnostikasi

Davolash


  • Sonni to’g’rilash faqat narkoz ostida o’tkaziladi. Yangi orqaga chiqishni to’g’rilashda Janilidze usulidan foydalaniladi. Jarohatlangan oyoq pastga osilib turishi uchun kasalni stolga qorni bilan yotqiziladi. Yordamchi ikki qo’li bilan bemor chanog’ini stolga bosib uni fiksatsiyalaydi. Oyoq chanoq-son va tizza bo’g’imidan bukiladi va biroz uzoqlashtiriladi. Shifokor son siljib oldinga tushguncha uni pastga traksiya qiladi, so’ng biroz rotatsion burish amalga oshiriladi. Sonni tog’rilashda qisirlagan tovuch eshitiladi va bo’g’imda passiv harakat tiklanadi.

  • Barcha yangi va yangi bo’lmagan qov usti chiqishlarini to’g’irlash uchun Koxer usulidan foydalaniladi: bemor orqasi bilan yotadi, yordamchi chanoqni stolga bosib uni fiksatsiyalaydi. Yangi bo’lmagan orqa chiqishlarni(yonbosh va o’tirg’ich) to’g’rilashda Koxer usuli bo’yicha birinchi bosqichda oyoq tanaga maksimal yaqinlashtiriladi, chanoq-son bo’g’imidan bukiladi va o’q bo’yicha traksiya amalga oshiriladi. Bunda son suyagining boshchasi ko’st botiqligining orqa qirg’og’i hisobiga tashqariga chiqadi. Ikkinchi bosqichida: son asta-sekin tashqariga aylantiriladi, natijada son suyagi boshchasi botiqlikka qarama-qarshi o’rnashadi. Uchinchi bosqichda; son o’qi bo’yicha traksiya vaqtida oyoq tezda yoziladi, uzoqlashtiriladi va ichkariga aylantiriladi. Bu bosqichda chiqish to’g’irlanadi.

  • Son chiqishi to’g’irlangandan so’ng bemor 10 oygacha oyog’ini harakatlantirmasligi kerak. Chiqish to’g’irlangandan so’ng control rentgenogramma qilinadi. Agar chiqishni birinchi urinishda to’g’irlay olmasak, yana bir yoki ikki marta urinib ko’ramiz. Faqat har bir bosqichni o’ta diqqat bilan bajarish kerak.

Yopiq holatda tiklash muvaffaqiyatsiz bo’lganda ochiq holatda to’g’irlash o’tkaziladi. Chiqish tiklangandan so’ng son suyagi boshchasi aseptik nekrozi profilaktikasi uchun 4-6 hafta mobaynida skelet tortma yordamida bo’g’imga yuk osib qo’yiladi. Shu bilan parallel ravishda chanoq-son bo’g’imi uchun fizioterapevtik muolajalar, massaj va davolovchi jismoniy tarbiya buyuriladi. Bundan so’ng bemor 4 oygacha jarohatlangan oyog’iga tayanmasdan qo’ltiqtayoq yordamida yurishi kerak. Son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozi belgilari yo’qligiga ishonch hosil qilingandan so’ng jarohatlangan oyoqqa yuklama berishga ruxsat etiladi.
Adabiyotlar

1. Юмашев Г.С. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1990. – 575с.

2. Мусалатов Х.А. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1995. –с.

3.А.В. Каплан «Повреждения костей и суставов» М.,«Медицина 1979.-568 с.



4. WWW.ejbjs.org
Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin