Talaba bilishi kerak:
|
-Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari singan bemorlarni klinik va instrumental tekshiruv usullari;
- Travmatik chiqishlari bo’lgan bemorlarni klinik va instrumental tekshirish usullari;
- Qo’lning anatomik o’qini aniqlash va o’q deformatsiyalarini namoyon bo’lishi.
- Qisqarishni aniqlash parametrlari: haqiqiy, nisbiy.
- Qo’lning nisbiy va absolyut uzunligini o’lchash parametrlari;
-Qo’l va bo’gimlarda nuqsonli holatlarning namoyon bo’lishi.
-Qo’l bo’g’imlari harakat hajmini uglomer yordamida o’lchash.
|
Pedagog vazifalari:
-Yelka,bilak va qo’l panja suyaklarining sinishi va travmatik chiqishlarida birinchi yordam usullarini talabalarga tanishtirish;
- Yelka, bilak va qo’l panja suyaklarining sinishi va travmatik chiqishlarida tekshiruv metodlari, og’riqsizlantirish turlari, immobilizatsiya usullari bilan tanishtirish;
-Talabalarga rentgen surati interpretatsiyasi, skelet tortmalarini qo’yish, gips bog’lamini tayyorlash, longeta va sirkulyar gips bog’lamlarini qo’yish ko’nikmalarini o’rgatish.
|
O’qitish natijalari:
- Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari sinishi va travmatik chiqishlarida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish prinsiplarini o’zlashtirish
-Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari sinishi sinishi va travmatik chiqishlarida tekshirish metodlari, og’riqsizlantirish turlari, immobilizatsiya usullarini o’zlashtirish;
- Rentgen surati interpretatsiyasi, skelet tortmalarini qo’yish, gips bog’lamini tayyorlash, longeta va sirkulyar gips bog’lamlarini qo’yish ko’nikmalarini orttirish.
|