Birinchi kaft-barmoq bo’g’imi qo’l kafti suyaklariga bosh barmoq birikkan joyda joylashgan. Bu bo’g’imning jarohatlanishi bosh barmoq o’qiga kuchli tasir berilganda yuzaga keladi. Bemor bosh barmoqni harakatlantirganda og’riq sezadi. Bo’g’im sohasida shish yuzaga keladi.
Davolash. Barmoq bo’g’imda bukiladi va gipsli longeta bilan 10 kunga fiksatsiyalanadi. Gips olingandan so’ng fizioterapevtik davo buyuriladi. Davolash muddati 2-3 hafta.
Barmoqlararo bo’g’imlarning yon boylamlarining zararlanishi
Ular keskin yonga harakat tufayli jarohatlanishi mumkin. Odatda ularning qisman jarohatlanishi – boylam uzilishi sodir bo’ladi. Bemor shu tomondagi barmog’ini harakatlantirganda og’riq sezadi, jarohatlangan soha shishadi.
Bo’g’imni biroz bukib, gipsli longeta qo’yiladi. 10 kundan so’ng longeta yechilib , fizioterapevtik muolaja buyuriladi.
Yelka suyagi yuqorigi uchining sinishlari. Ko’proq xirurgik bo’yinchasidan , katta do’mboqdan, kamroq anatomik bo’yincha sohasidan sinadi. Ko’pchilik yoshi katta odamlarda travma mexanizmi tirsak bilan yiqilishga asoslangan. Yelka bo’g’imi sohasida kuchli og’riq, qo’llar tirsakdan bukilgan va tanaga yaqinlashgan bo’ladi.
Suyak bo’laklari krepitatsiyasini sezish mumkin. Bir sutkadan so’ng tirsak bo’g’imi va bilak sohasida gematomadan teri imbibitsiyasi hosil bo’ladi. Yelka chiqishlaridan, lat yeyish va suyak usti mushaklarining uzilishlaridan differensatsiya qilish kerak. Ba’zida klinik ko’rinishi yelka ikki boshli mushagining uzun boshi uzilishiga o’xshaydi. Og’riq bu holatda pastki do’mboq sohasida joylashadi, tirsak bo’g’imi bukilganda ikki boshli mushak yo’g’onlashadi.
Tezkor yordam. Qo’llar kosinkaga osiladi, kuchli og’riqda Dezo bog’lami tanaga fiksatsiyalanadi. Og’riqsizlantirish uchun 2 ml 50 % analgin eritmasi ishlatiladi. Keksa yoshli bemorlarda kuchli og’riq, travmatik shok natijasida surunkali kasalliklari zo’rayishi mumkin. Yelka bo’g’imi va yelka sohasidagi yumshoq to’qimalari jarohatlanadi. Yelka bo’g’imi lat yeyishida travma to’g’ri zarba natijasida paydo bo’ladi. Yelkaning oldingi tomonga og’ishida gematoma va shilinishlar bo’ladi. Cho’zilish va boylam yirtilishi asosan bilvosita travma natijasida yuzaga keladi. Travmaning tashqi belgilari yo’q. Palpatsiyada og’riqlilik aniqlanadi.
Travmaning birinchi kunida og’riq sezilarsiz yoki o’rtacha bo’ladi. Qo’lni burish anchagina chegaralangan va og’riqli. Ikki boshli mushakning uzun boshi payining yirtilishi katta og’irlikdagi. Qo’lni harakatlantirganda og’riq yuzaga keladi, harakat anchagina chegaralangan. Og’ir yuk ko’targanda yelka ikki boshli mushagining payi uzilishi mumkin. Kasallar yelka bo’g’imi sohasida qisirlashni his qiladi, qo’lni tirsak bo’g’imidan bukish ikki boshli mushakning shakli o’zgarishi hisobiga o’g’iq anchagina kamayadi. 3-4 kundan so’ng yelkaning yuqori uchdan birida tashqi oldingi yuzasida katta bo’lmagan gematoma hosil bo’ladi. Diagnoz yuqorida keltirilgan xarakterli belgilar va travma mexanizmini inobatga olib qo’yiladi.
Shoshilinch tibbiy yordam. Qo’llar kosinkada immobilizatsiya qilinadi. Ikki boshli mushakning payi yirtilganda travmatologiya bo’limiga yuborish shart. Yelkaning diafizdan sinishi noto’g’ri travma (tirsak bilan yiqilish, yelkani keskin orqaga burish ) yoki yelkaga to’g’ridan - to’g’ri berigan zarba natijasida yuzaga kelishi mumkin. O’rta uchlik jarohatlanganda bilak nervi jarohatlanadi.
Simptomlari. Имеются все классические признаки переломаSinishning barcha klassik belgilari: yelkaning kaltalashishi va deformatsiyasi, singan joydagi normal bo’lmagan harakat, bo’laklar krepitatsiyasi. Bilak nervi jarohatlanganda qo’l panjasi osilib qoladi, panja orqaga aktiv ravishda yoziladi, bosh barmoqni haratlantirib bo’lmaydi.
Diagnoz qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi, buni hatto tashqi ko’rikda ham aniqlash mumkin. Bilak arteriyasining pulsatsiyasini va panja faoliyatini tekshirish kerak. Bilak nervi travmasida kaftning sezuvchanligi buzilmaydi, chunki uning tarkibida asosan harakatlantiruvchi tolalar bo’ladi.
Shoshilinch tibbiy yordam. Immobilizatsiya SITO transport shinalari, puflab shishiriladigan va narvonsimon shinalar yordamida bajariladi. Shina sog’lom kurakdan barmoqlar asosigacha qo’yiladi. Qo’l tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida bukiladi. Og’riqsizlantirish uchun 2ml 50% analgin yoki 1ml 2% morfin yuboriladi. Travmotologiya bo’limiga gospitalizatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |