Bu – bo’g’im sohasidagi suyak bo’g’im yuzalarini to’liq siljishi hisobiga birikishning yo’qolishi.
Chiqish bo’g’im kapsulasi va boylamlarining yirtilishi bilan boradigan trvma natijasida boshlanadi.
Bo’g’im yuzalarining to’liq bo’lmagan siljishi chala chiqish deb nomlanadi.
Chiqishlar oyoq-qo’lda distal qismga nisbatan hisoblanadi.
Chastotasi: tayanch-harakat sistemasidagi barcha travmalarning 1.5-3% ni tashkil etadi.
Qo’l bo’g’imlarining chiqishlari oyq bo’g’imining chiqishlaridan 7-8 marta ko’p uchraydi.
Tasnifi Paralitik chiqish – patolagik chiqish bo’lib, qo’l yoki oyoqdagi bir guruh mushaklarning paralichi natijasida ularga antagonist mushaklar ta’sirining ortib ketishi tufayli yuzaga keladi.
Patolagik chiqishlar –suyaklarning bo’g’im yuzalarida o’zgarishlarga olib keladigan bo’g’im kasalliklarida uchraydi (sonning tug’ma chiqishida, osteomiyelit natijasida )
Odatiy chiqishlar – bog’im boylam apparati va uning atrofidagi mushaklar kuchsizligi yoki suyaklarning bo’g’im oxiridagi anatomik o’zgarishlar tufayli bitta bo’g’imdagi sistematik chiqishlar.
Magistral tomir va nervlar holatiga baho berish uchun jarohatlangan qo’l yoki oyoqdagi periferik puls, sezuvchanlik va harakat aktivligini tekshirish zarur !!!