O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

mumkin" degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi umumnazariy savollar esa
pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta’lim va 
tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yechimga qaratiladi
Zamonaviy fan rivojiga bog‘liq holda fan tilining metodologik masalalari 
ham kun tartibida turadi. Fanda tildan foydalanish muammosi ilmiy fan sifatida 
pedagogikani ham chetlab o‘ta olmaydi. Til ijtimoiy hodisa sifatida amaliy 
faoliyatda va bilish jarayonida ikki asosiy vazifani bajaradi: 
1) insonlar o‘rtasida aloqa vositasini o‘taydi. 
2) tafakkur shakli sifatida to‘plangan bilimlarni qayd etish va saqlash
tizimlashtirish uchun zarur hisoblanadi. 
Ma’lumki, til bilan qator fanlar -lingvistika, psixologiya, semiotika (belgilar 
haqidagi fan), falsafa shug‘ullanadi. Metodologiya tilni ilmiy bilimlarni ifodalash, 
ularni qayta ishlash, ilmiy axborotlarni to‘plash va saqlash vositasi sifatida 
o‘rganadi. 
Maktabgacha pedagogika boshqa fanlar qatori milliy tildan ilmiy 
axborotlarni shakllantirish, ishlov berish, saqlash va uzatishning universal 
vositasi sifatida foydalaniladi. 
Biz tilda turli darajadagi tushunchalarga tayanamiz. Tushuncha - bu 
predmetlarning umumiy va o‘ziga xos sifatlari haqidagi fikrdir. Tushuncha 
asosida predmetlar o‘xshashligi va farqlari aniqlanadi
.
P.f.d., prof. R.X.Djuraev va boshqalar tomonidan tuzilgan “Pedagogik 
atamalar” lug’atida “Tushuncha”ga –  narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, 
aloqalari mazmun-mohiyati va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli.
12
Deb izox beriladi. 
12
П.ф.д., проф. Р.Х.Джураев ва бошқалар. Педагогик атамалар луғати Т;2008 


31 
Albatta, tushunchalar mohiyatini anglashda odamlar ham bir-biridan 
farqlanadi. Shu boisdan milliy til so‘zlari ham bir xil emas, ular amaliy faoliyatda 
turlicha muxumlik kasb etadi va muloqot jarayonida tekislanib, aniqlanib 
boraveradi. 
Har qanday fan, jumladan, pedagogika ham aniq tushunchalar tizimini talab 
etadi. U milliy til asosida yaratiladi va ilm tili, ya’ni pedagogikaning tushuncha-
toifalar tizimi shakllanib boradi. Toifa tushunchadan bir bosqich yuqori turadi va 
ayni vaqtda o‘zida ularning belgi va xususiyatlarini saqlab qoladi. Shu bois toifa 
tushunchadir, biroq barcha tushunchalar toifa bo‘la olmaydi. 
Pedagogika bo‘yicha ilmiy tilni shakllantirish murakkab jarayon, u 
hanuzgacha qoniqarli darajada tadqiq qilingan emas. Bu fan ham boshqalari qatori 
hayotiy tildan ko’plab atamalarini qabul qiladi. ("shakl", "metod", "tarbiya" va b.). 
Uning vazifasi atamalardan bir xildagi tushunchalarni shakllantirishdir. Shu bois 
mumkin qadar tushunchalarni faol ilmiy muloqot tarkibiga kiritish uchun 
aniqlashtirish, chegaralashga harakat qiladi. 
Pedagogikada ilmiy nutqning lug‘at zahirasi yangi, maxsus terminlar va 
ta’riflar bilan boyib boradi: ("pedagogik texnologiya", "innovatsiya faoliyat" va 
b.), ba’zan bunday boyish boshqa failar evaziga ham bo‘lishi mumkin 
("boshqarish", "axborot texnologiyasi ") yoki eski ta’riflar yangicha talqinda 
ifodalanadi. Misol uchun "o’qitish metodi"ning an’anaviy ta’rifi (belgilangan 
maqsadga erishish yo‘lidagi o‘qituvchi va o‘quvchi-talablarning o‘zaro harakat 
usullari) go‘yo o‘zgarmaydigandek edi. Biroq Gegel ta’limotiga ko‘ra, metod 
harakatdagi ob’ektni o’rganish usulidir. Shunga asosan, o‘qitish metodiga berilgan 
eng so‘nggi va yangi ta’rif quyidagicha: o’qitish metodi - bu harakatdagi 
o’quv materialini o’rganish bo’yicha oqituvchi va o‘quvchi-talabalarning 
hamkorlikdagi faoliyat usullaridir. 
Foydalanilayotgan atamalarning aniq ta’rifi va maxsus pedagogik lug‘atini 
shakllanishi pedagogika fani tiliga mos holda amalga oshirilishi zarur. Bu fanning 
o‘ziga xos tomoni shundaki, uning tili odatiy (kundalik) tilga juda yaqin bo‘lgani 
uchun tushunish birmuncha yengil kechadi. Shu sababli maxsus pedagogik tillar 
nafaqat o‘qituvchi va tarbiyachiga tushunarli, balki ularni ota-onalar, o‘quvchi-
talabalar va keng jamoatchilik ham tez hazm qilishadi. Boshqa tomonidan odatdagi 
til bilan ilmiy tilning yaqinligi fan sifatida pedagogika uchun xususiy bo‘lgan 
metodik xarakterdagi jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Maxsus pedagogik atamalar sifatida qo‘llanilayotgan tushunchalar induktiv 
tarzda hammaga tushunarli (ta’lim, tarbiya, o’qitish va b.), ular o’ta aniqlikni 
talab qiladigan vaziyatlarni vujudga keltirmaydi. Shu boisdan bu tushunchalar 
milliy tilda tavsiflangan holda turlicha ta’riflanadi va o‘z navbatida aniqligini bir 


32 
qadar yo‘qotadi. Fikrimizning isboti uchun "tarbiya" tushunchasining mohiyatini 
oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarni keltirish mumkin. Biroq tushunchalarni aniq 
ta’riflash ilmiy pedagogik g‘oyalarni muvaffaqqiyatli rivojlantirish uchun zaruriy 
shart hisoblanadi. 
Belgilar yordamida aniq ilmiy tilni yaratish pedagogikada ham kuzatiladi. 
Pedagogika o‘z tadqiqotlari natijalarini nafaqat yozma ravishda, balki chizma, 
jadval, shkalalar orqali ham ifodalaydi. Keyingi vaqtlarda pedagogik hodisalar 
tahlil uchun kibernetika, informatika, matematika, mantiq fanlarining tushuncha va 
ramzlaridan keng foydalanilmoqda. 
Erishilgan yutuq bilan fan tilining rivojlanishi to‘xtamaydi, u vaqt o‘tgan 
sayin rivojlanib boraveradi. Shubha yo‘qki, pedagogika fanlarining ilmiy tiliga oid 
metodologik savollar e’tiboridan tushmaydi, qolaversa, har bir ilmiy termin jiddiy 
tadqiqotlar natijalari asosida vujudga keladi. Qo‘llanilayotgan atamalarning bir 
xilligi ma’lum ilmiy sohada hodisalarni bir xilda tushunishga imkon beradi, 
bilishning bugungi taraqqiyoti kecha erishilgan yutuqlarga tayanadi, ya’ni 
hammasini yangidan boshlashga hojat qolmaydi. 
Metodologiyaning pedagogika uchun muhimligi, bir tomondan, fan rivojining 
umumiy xususiyatlari bilan, ikkinchi tomondan, pedagogik bilimlar rivojining 
o‘ziga xosligi bilan, uchinchi tomondan, bilish bosqichlarining murakkabligi 
bilan belgilanadi. U o‘zining rivojlanishi davomida boyib boradi, tajriba orttiradi, 
ob’ektiv voqelik hodisasi sifatida tarbiyaning muhim qonuniyatlari va tamoyillarini 
ochib beradi. 
Pedagogik tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlari dolzarb va amaliy 
jihatdan muhim masalalarning yangicha yechimlarini izlab topish jarayonining 
tezlashuvi, ayni vaqtda istiqbolli muammolarning nufuzi oshib borayotganligi 
bilan tavsiflanmoqda. Bunda ikki yo‘nalishdagi tadqiqotlar alohida ko‘zga 
tashlanadi: 
1. Umumiy xarakterdagi yirik tadqiqotlarni talab etadigan keng doiradagi 
muammoni o‘rganish. 
2. Murakkab pedagogik jarayonlarning ichki, nozik qirralarini topishga 
imkon beradigan tor muammolar yechimiga qaratilgan chuqur detalli o‘rganish. 
Birinchi yo‘nalish tarafdorlari pedagogik jarayonning barcha unsurlari 
o‘zaro aloqada va ularni ajratish yaramaydi, degan dalilga tayanishadi, pedagogik 
tajribani yaxlit o‘rganish zarurligiga urg‘u berishadi. Biroq ular quyidagi holatni 
nazardan chetda qoldirishadi: pedagogik jarayon o‘zining bor munosabatlari bilan 
olib qaralganda pedagogika fani ob’ekti hisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari 
pedagogik jarayonning alohida elementlari (metod, shakl va b.) o‘rganishga 
uringan holda bir narsani unutishadiki, o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimida ajratib
olingan hech bir vosita to‘liq hisoblanmaydi. 


33 
Bugungi kunning jiddiy metodologik muammosi - bu zamonaviy ta’limni 
pedagogik tadqiqotlarga oid ilmiy muammolarda ishonarli va samarali aks 
ettirishdir. 
Bajarilayotgan tadqiqotlarda uchraydigan umumiy kamchiliklar: 
- aksariyat mavzularning dolzarb pedagogik muammolar yechimiga 
qaratilmaganligi, ularda yangi, konseptual g‘oyalarning yo‘qligi; 
- farazlarning isbot talab qilmaydigan holatda noaniq ifodalanishi; 
- jiddiy xulosalarning yo‘qligi, ularning nazariy va amaliy jihatdan 
noaniqligi; 
- shablonlik; (bir qolipdalilik) 
- tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari yo‘qligi va boshqa 
cheklaydigan asosiy omillar; 
- malakaning yetarli emasligi; 
- umrini yashab bo‘lgan sobiq eski tuzim pedagogikasi g‘oyalaridan 
xalos bo‘la olmaslik; 
-tadqiqot metodlaridan to‘g‘ri foydalana bilmaslik va h.k. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin