Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Masjid va xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘qitlgan. Qiz bolalar o‘z davrining o‘qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda o‘qitlgan. Ayol muallimani o‘lkaning turli hududlarida “otnoyi”, “otnbibi”, “bibiotn”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi o‘g‘il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bo‘lgan, ko‘p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotnlari maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.E.Bendrikov “Turkistonda xalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni yozadi: “Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar maktabida yozuvga o‘rgatlmagan”. Professor U.Dolimovning fikricha, bu so‘zlar haqiqatdan ancha yiroq. O‘zbek xalqi – o‘tmishda eng ko‘p shoiralar etshtrgan xalq, agar yozuvga o‘rgatlmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bo‘lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qo‘ya bering, XIX asrning o‘zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otn, Qamarniso, Nozimaxon kabi o‘nlab mashhur shoiralar qaerdan etshib chiqqan?!
Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortq muallimalik qilib, qizlarga xat-savod o‘rgatdi, tabi nazm qizlarga sheriyat ilmidan dars berdi.
Dilshod o‘z maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ularga xat-savod o‘rgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intlar edi. Shu bilan birga, yosh istedodli qizlarga o‘zbek, tojik mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarini ham o‘rgatar va ularni nafosat ruhida tarbiyalab, o‘z zamonasining ilg‘or kishilari qilib etshtrishga harakat qilgan.
Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim ” asari – husnixatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida.Munis o‘z davrining etuk murabiy shoiri sifatda bolalarning savodxonligini va husnixatni yaxshilash yo‘lida ko‘p izlanadi va yoshlarga husnixatdan talim berib, “bilgancha surib qalamni har yon, talim ishin aylar erdi oson” deydi. “Bilimning eshigi alifbe” deganlaridek, Muis ham talimdagi muvaffaqiyatlarning garovi savod ekanligini tushungan va shuning uchun “umumiy arqom” yozuv ilmini yaratshga bel bog‘lagan.
Munisning “Savodi talim” asari ana shu tarzda 1804 yil 6 dekabrda vujudga keladi. Mazkur risola nazariy malumotlar va mashqlarni o‘z ichiga olgan. Risola ikki qismdan tarkib topgandir. U “Savodi talim”ning nazariy qismida o‘zigacha mavjud bo‘lgan bolalarga xat-savod o‘rgatuvchi risolalarning barcha nuqson va kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan o‘zi yaratayotgan risolani bir-biri bilan taqqoslab, eski risolaning o‘sha kungi talablarga javob bera olmasligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Risolaning ikkinchi qismida arab alifbosidagi har bir harfning yozilish uslubini marifiy-didaktk nuqtai nazardan sodda qilib tushuntrishga harakat qiladi.