Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə23/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Maruza 3

1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani. Ma’lumki, 1924-yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har hil tarzdata‘siro‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendentsiyalari hamda yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
Respublika sharoitlarida madaniy taraqqiyotning zamonaviy rivojlangan darajasiga o‘tish xaddan tashqari katta qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘liq bo‘lib, keskin mafkuraviy kurash bilan birgalikda davom etib bordi. Shunday bo‘lsada, madaniyatni yangidan qurish jarayonlari tobora ustuvor tus oldi. Buning sabablari avvalo o‘zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni qadrlashida ko‘rinadi. Bundan tashqari oktyabr to‘ntarishidan avval madaniy ishlar olib borgan jadid deb atalmish ziyolilar xalqqa yordam berish uchun maorif sohasi, maktablarda ishlab, o‘z faoliyatlarini davom ettirdilar. Bu jarayonlar avvalo darslar ona tilida olib boriladigan I (besh yillik ta’lim ) va II (turt yillik ta’lim ) bosqich maktablarni va ularni darsliklar, o‘quv qurollari bilan ta’minlash, maorif institutlari, o‘qituvchilarni tayyorlash kurslari va boshqalarni tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
1924-25 o‘quv yilida respublika byudjetining 24 foizi xalq maorifi uchun ajratildi. Bu maktab qurilishini tezlashtirishga imkon berdi. I va II bosqichdagi umumta’lim maktablarining soni 1928-29 o‘quv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga yetdi.
Shu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o‘rtasida savodsizlikni tugatish yuzasidan keng miqyosda kampaniya avj oldirildi. 1921-22 o‘quv yilidayoq respublikaning ko‘pgina shaharlari va qishloq joylarida mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko‘rsatdi, ularda 50 ming kishi xat-savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish ishi tiklash davrining dastlabki yillarida kiyinchiliklarga duch keldi: o‘qituvchilar, maktab binolari, asbob-jihozlar, o‘quv qo‘llanmalari, pul mablag‘lari etishmas edi. Biroq bu soha, garchi qiyinchilik bilan bo‘lsada, izga tusha boshladi, katta yoshli kishilarni o‘qitish shakl va usullari takomillashtirildi, savod maktablari tarmog‘i birmuncha kengaytirildi, savodsizlikni tugatuvchi mahalliy o‘qituvchilar soni oshdi. Bu dastlabki yutuqlar keyingi yillarda savodxonlikni oshirish yuzasidan avj olgan umumxalq harakatining debochasi bo‘ldi.
Hamza Xakimzoda Niyoziy, T.Shermuhamedov, T.N.Qori Niyoziy, Ergash Komilov, Abdulqodir Nabixo‘jaev, Rozi Nazarov, Muharrama Qodirova, Zebuniso Polvonova, P.Qayumov, K.Abdurashidov va boshqalar yangi maktab yaratish, uni rivojlantirish uchun faol kurashdilar hamda dastlabki o‘qituvchilardan bo‘lib qoldilar.
Shu yillarda Markaz siyosiy rahbariyati sovet tuzumiga sodiq bo‘lgan pedagog kadrlarni ko‘p miqdorda, tezkorlik bilan tayerlab, ular orqali aholini, ayniqsa, yosh avlodni kommunistik g‘oyalar asosida tarbiyalash maqsadida qarorlar va rejalar ishlab chiqdi. Ularni og‘ishmay amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ayamadi, bor ma’rifatchilarni hamda partiya, sovet, jamoat tashkilotlarining kuch-quvvatini safarbar qildi.
Maktablarning pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun pedagogika o‘quv yurtlarining keng tarmogi yaratildi: texnikumlar, maorif institutlari, o‘quv yurtlari ochildi. Ularda jadal sur’atlar bilan ommaviy miqyosda yangi o‘qituvchi kadrlar yetishtirib chiqarildi. 20-yillarning oxirlariga kelib ularning soni respublikada deyarli 5,5 mingtaga etib qoldi. Xalq maorifi rivojlanib bordi.
Xalqning bilimga bo‘lgan intilishi kun-sayin kuchayib borishi natijasida umumiy savodxonlik o‘sdi, bu narsa millatning ma’naviy imkoniyatlari yuksalishiga, ijodiy faoliyati ortib borishiga yordam berdi.
Shunday bo‘lsada, bu jarayonlar partiyaning madaniy sohada zo‘rlik ko‘rsatishi tufayli mushkulliklarga uchradi. Xalq maorifida bu narsa avvaliga milliy ta’lim shakllari yoyiladigan sohalarni cheklab qo‘yish, keyinchalik esa ularni butunlay yo‘q qilib yuborishda o‘z aksini topdi. Chunonchi, XX asrning 20-yillarning boshlarida sovet maktablari bilan birgalikda eski usul maktablari, diniy tashkilotlar tomonidan ta’minlab boriladigan vaqf maktablari va madrasalari ham ishlab turar edi. 1925-yilda O‘zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1,5 mingdan ortiq eski maktablar bo‘lib, ulardan 250 tasi yashirin holda ish olib borgan. Lekin sovet hokimiyatining insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o‘z faoliyatini amalda tugatdilar.
Afsuski, xalq ta’lim iga buyruqbozlik nuktai nazaridan turib, ekstensiv ravishda yondashish kuchayib bordi. Buning natijasida sifat muammolari chetga surilib, miqdor ko‘rsatkichlari birinchi o‘ringa o‘tdi. Ahvolni xo‘jakursinga yaxshilash orqasidan quvish jamiyatning madaniy holatiga yomonta‘siro‘tkazdi hamda oliy va o‘rta maktabga sezilarli darajada zarar yetkazdi.
20-30-yillarda xotin-qizlarning savodini chiqarishga katta e’tibor berildi, ayollarning savodsizligini tugatish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qilindi. 1926 yilda respublikadagi 82 ta savodsizlikni bitirish maktablarida 2700 xotin-qiz o‘qigan bo‘lsa, 1936 yilda 186 ming ayol savodini chiqargan.
Kasb-hunar ta’lim i tarmoqlariga xotin-qizlar keng jalb qilindi. Dastlab ayollar orasidan savodsizlikni bitirish kurslari o‘qituvchilari, bog‘cha, yasli tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari tayyorlandi. Masalan, 1928 yilda Samarqand pedagogika kursida 73 nafar ayol o‘qigan. 1929 yilda o‘ndan ortiq xotin-qizlar pedagogika va meditsina texnikumlari mavjud edi. 1932 yilda respublika oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarning 20 foizini o‘zbek xotin-qizlari tashkil qilgan. 30-yillarda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xotin-qizlardan yetishib chiqqan mutaxassislar ishlay boshladi.
Urushning suronli yillarida respublika oliy o‘quv yurtlari va texnikumlar o‘z faoliyatlarini davom ettirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq xo‘jaligi, maorif, tabobat va boshqa sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo‘lib qoldi. 1943 yidda respublikada 41 oliy o‘quv yurti (ularnng 12 tasi ko‘chirib kelingan) va 52 o‘rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo‘jaligini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash imkonini berdi. Ular o‘z navbatida samarali mehnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib hissa qo‘shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga ehtiyoj ayniqsa sezilarli edi. Urush yillari O‘zbekistonda barcha turdagi qo‘shinlar uchun zobit kadr va mutaxassislar ham tayyorlandi. Toshkeshtga piyodalar bilim yurti ham ko‘chirib keltirilib, respublikamizda joylashtirilgan bir necha harbiy bilim yurtlari, oliy o‘uv yurtlarining harbiy fakultetlarida, o‘nlab turli kurslarda kadrlar tayyorlandi.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin