0 ‘zbekistonning 1920-1980-yillardagi davlati va huquqi
1 . 1920-yillarda 0 ‘zbekiston davlati va huquqi.
2. 0 ‘zSSRning 1937-yil Konstitutsiyasi bo‘yicha davlat tuzulishi
va huquqi.
3. 0 ‘zSSRning 1978-yildagi Konstitutsiyasi bo‘yicha davlat
tuzulishi va huquqi.
1920-yillarga kelib, 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi ulkan
o ‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Bu tarixiy o ‘zgarishlar bevosita 0 ‘zbekiston
hududida tashkil topgan davlatlar va ularning
huquqiy tizimlari bilan
bog‘liq.
Xivada 1920-yil 1-fevralda Xon hukumati ag‘darilib, “xalq inqilobi”
tufayli hokimiyat besh kishidan iborat Vaqtli hukumat qo‘liga o ‘tdi. Vaqtli
hukumat manifest e'lon qilib, “Xiva inqilobchilari mamlakatni Xon va
uning hukumati tomonidan boshqarilishiga barham beradi
va uning
xonadoniga, ministrlariga tegishli mulk va mablag‘lar musodora qiladi”
deyilgan. Muvaqqat hukumat 1920-yilning 26-aprelida xalq vakillarining
Butun Xorazm I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
tuzilganligini
va
30-aprelda
Respublika
Konstitutsiyasi
qabul
qilinganligini e'lon qildi. XXSR bilan RSFSR o'rtasida
iqtisodiy
shartnoma tuzildi.
Konstitutsiyada davlat hokimiyatining Oliy organi butun-Xorazm
Sovetlarining qurultoyi ekanligi ko‘rsatilgan. 1921-yilning mayida bo‘lib
o ‘tgan XXSR Sovetlarining II qurultoyida Konstitutsiyaga kiritilgan
qo‘shimchaga
binoan,
Sovetlar
qurultoylari
davrda
Sovetlarning
qurultoyida saylanadigan Markaziy Ijroiya qo‘mita Oliy qonun
chiqaruvchi, ijroiya va nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi idora etib
belgilangan. Konstitutsiyaga binoan Oliy ijroiya-farmoyish beruvchi idora
qilib XXSR Xalq Nozirlar Kengashi belgilangan.
Konstitutsiya VI bo‘lim, XV bob va 87 moddadan iborat edi.
Birinchi bo‘lim kirish qismi va III bobdan iborat edi. Ikkinchi bo‘lim
XXSR Konstitutsiyasining
Umumiy qoidalari deb atalib, respublikaning
ijtimoiy-siyosiy tuzumi fuqarolarning huquq va burchlariga bag‘ishlangan
edi.
Uchinchi qism davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy va
markaziy organlari, to‘rtinchi qism saylov huquqi, beshinchi budjet
huquqi, oltinchi gerb va bayroq haqidagi qoidalardan iborat bo‘lgan.
159
Konstitutsiya - RSFSRnmg 1918-yilgi Konstitutsiyasi
asosida qabul
qilingan.
Respublikada xususiy mulk, sohibkorlik va savdo oboroti bilan
shug'ullanishning to‘la ozodligi saqlab qolinishi e'lon qilindi. “Shaxslarga
erkin holda kommersiya ishlari bilan shug‘ullanish huquqi berildi”,
kommersiya va savdo kompaniyalarini tashkil qilishga qarshilik qilinmadi
(Konstitutsiyaning 16-moddasi). Ishlab chiqarish vositalariga xususiy
mulkchilik saqlab qolindi. Xon va uning avlodlariga, amaldorlariga
tegishli
yerlar musodora etilib, yersiz dehqonlarga bo‘lib berildi. Vaqf
yerlari saqlab qolindi. XXSR iqtisodi davlat sektori, kooperativ sektor,
yakka xo‘jalikchi dehqon va hunarmandlar sektori, feodal kapitalistik
(xususiy) sektorlar iborat edi.
Oliy qonunchilik va hokimiyat organi - xalq vakllari Umum Xorazm
qurultoyi hamda Umum Xorazm Markaziy Ijroiya qo‘mitasi va uning
Prezidentidan iborat bo‘lib, 4 ming aholidan 1 ta deputat, 100 askarlardan
bir vakil tartibida tashkil topdi.
Davlat boshqaruvining oliy organi Xalq Nozirlar Soveti edi. Dastlab
yetti nozirlik - harbiy, moliya, davlat nazorati,
iqtisodiy, tashqi ishlar,
madaniyat va maorif, yustitsiya nozirliklaridan iborat edi. Yustitsiya
nozirligida rais va 3 ta a'zo tarkibida Oliy Inqilobiy sud tuzilib,
jinoyatchilarga nisbatan eng oliy jazo - otib o ‘ldirishga qadar jazolar
tayinlash huquqi berildi. Umum-jinoiy va grajdanlik ishlarini ko‘rib hal
etish
uchun esa, yustitsiya nozirligida Xalq sudi tuzildi. Xiva shahrini
qo‘riqlash maqsadida ushbu komissarlik tarkibida militsiya boshqarmasi
ham tuzildi. Yangi mahalliy organlar Kengashlari tuzilgan.
Saylovlar ko‘p pog‘onali tuman ijroiya komitetlari ikki pog‘onali,
Oliy hokimiyat organlariga esa uch pog'onali amalga oshirilgan.
1923-yilning oktabrida Umum Xorazm Sovetlarining IV qurultoyi
XXSSR deb e'lon qilindi. Nozirlar Kengashi vazifasini XSSR MIK
xodimlari bajaradi deb belgilandi. Bu ishni amalga oshirish uchun maxsus
komissiya tashkil qilingan. Nozirlar Kengashining raisi lavozimi tugatildi
va uning vazifasi MIK raisiga yuklatilgan.
Qozilar o ‘miga
yangi sudlar, qishloqlarda esa Sho‘rolar Kengashi
tuzilgan. Qabul qilinayotgan dekretlaming deyarli hammasi uchun asos
qilinib shariat qonunlari qabul qilingan edi. Jumladan “Sudxo‘rlik ishlarini
amalga oshirish to‘g‘risida”gi dekretga muvofiq sudxo‘rlardan 20 foizdan
ziyod qarz olgan barcha qarzdorlaming qarzi bekor qilindi. Berilgan
kreditning 10
Dostları ilə paylaş: