X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova elektronika



Yüklə 294,63 Kb.
səhifə17/62
tarix18.08.2023
ölçüsü294,63 Kb.
#139804
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova-hozir.org

3.6. Optoelektronika diodlari
Optoelektronika – elektronikaning bir bo’limi bo’lib, axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash jarayonlari yorug’lik signallarini elektr signallarga aylantirish va aksinchaga asoslangan qurilmlarni nazariyasi va amaliyotini o’rganadi. Optoelektronika elementlari bo’lib fotodiod va yorug’lik diodi hisoblanadilar.

Fotodiod deb bitta p-n o’tishga ega bo’lgan foto-elektr asbobga aytiladi. Fotodiod tashqi kuchlanish manbaili (fotodiodli rejim), hamda tashqi kuchlanish manbaisiz sxemalarga ulanishi mumkin. Tashqi kuchlanish manbai shunday ulanadiki, p-n o’tish teskari siljigan bo’lsin. YOrug’lik tushurilmaganda diod orqali juda kichik “qorong’ulik” ekstraksiya toki I0 oqib o’tadi va u berilayotgan kuchlanishga bog’liq bo’lmaydi. n-baza sohasiga ta’qiqlangan zona kengligidan ancha katta bo’lgan energiyali fotonlardan tashkil topgan yorug’lik tushurilganda, elektron–kovak juftliklar generatsiyalanadi. Agar juftliklar o’tishdan diffuziya uzunligidan oshmaydigan oraliqda hosil bo’lsalar, yorug’lik ta’sirida generatsiyalangan kovaklar o’tishning elektr maydoni ta’sirida ekstraksiyalanadilar va teskari tok uning “qorong’ulik” qiymatiga nisbatan ortadi. YOrug’lik oqimi F qancha intensiv bo’lsa, diod teskari toki IF qiymati shuncha katta bo’ladi.
3.3 – rasmda turli yorug’lik oqimi qiymatlaridagi fotodiod VAXsi keltirilgan. YOrug’likning keng nurlanish chegaralarida fototok yorug’lik oqimiga deyarli chiziqli bog’liq bo’ladi.

3.3 – rasm.


Proporsionallik koeffitsienti bir necha mAG’mm ni tashkil etadi va fotodiod sezgirligi deb ataladi. Fotodiod turli o’lchash qurilmalarida yorug’lik oqimini qabul qilgich, hamda optik – tolali aloqa liniyalarida qo’llaniladi.
Fotodiod rejimidan tashqari fotodiodning ventil (fotovoltaik) rejimi keng qo’llaniladi. Bu rejimda fotodiod tashqi kuchlanish manbaiga ulanmasdan ishlaydi va quyosh energiyasini bevosita elektr signalga aylantirishga xizmat qiladi. Diod ventil rejimida nurlatilganda uning chiqishlarida ventil kuchlanish yuzaga keladi. Fotodiod bu holatda quyoshli aylantirgich deb ataladi. Bir biri bilan elektr jihatdan bog’langan aylantirgich va batareyalar kosmik apparatlar va yer usti qurilmalaridagi REAlarni ta’minlash uchun elektr energiya manbai sifatida qo’llanilishi mumkin.



Yüklə 294,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin