X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova elektronika



Yüklə 294,63 Kb.
səhifə23/62
tarix18.08.2023
ölçüsü294,63 Kb.
#139804
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova-hozir.org

Nazorat savollari


  1. Bipolyar tranzistor (BT) nima ?


  2. Bipolyar tranzistorning ishlash prinsipi nimaga asoslangan ?


  3. Bipolyar tranzistor kollektor, emitter va bazalarining vazifasi.


  4. n-p-n va p-n-p tuzilmali BTlarning ishlash prinsipida farq bormi?


  5. Bipolyar tranzistorning qanday ulanish sxemalarini bilasiz ?


  6. BT asosiy ish rejimlarini aytib bering.


  7. Turli ulanish sxemalaridagi BT statik xarakteristikalaridan aktiv va to’yinish rejim sohalarini aniqlang.


  8. Tranzistorning tok bo’yicha uzatish koeffitsienti nima ? UB va UE ulanish sxemalaridagi tok bo’yicha uzatish koeffitsienti kattaliklarini solishtiring.


  9. Tranzistorni to’rtqutblik ko’rinishida ifodalab, kichik signalli parametrlarni aniqlashni tushuntiring. Bu parametrlar ma’nosini tushuntiring.



V BOB. MAYDONIY TRANZISTORLAR
════════════════════════════════════════════

5.1. Umumiy ma’lumotlar
Maydoniy tranzistor (MT) deb, tok kuchi qiymatini boshqarish ychun o’tkazuvchi kanaldagi elektr o’tkazuvchanligikni o’zgartirish hisobiga elektr maydon o’zgarishi bilan boshqariladigan yarim o’tkazgichli aktiv asbobga aytiladi.
Maydoniy tranzistorlar turli elektr signallar va quvvatni kuchaytirish uchun mo’ljallangan. Maydoniy tranzistorlarda bipolyar tranzistorlardan farqli ravishda tok tashkil bo’lishida faqat bir turdagi zaryad tashuvchilar ishtirok etadi: yoki elektronlar, yoki kovaklar. Shuning uchun ular yana unipolyar tranzistorlar deb ham ataladi.
Maydoniy tranzistorlarning tuzilishi va kanal o’tkazuvchanligiga ko’ra ikki turi mavjud: r–n o’tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor hamda metall – dielektrik – yarim o’tkazgichli (MDYA) tuzilishga ega bo’lgan zatvori izolyatsiyalangan maydoniy tranzistorlar. Ular MDYA- tranzistorlar deb ham ataladilar.

Yüklə 294,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin