X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


TEXNIKASINING YaNGI YO‘NALIShIDIR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

TEXNIKASINING YaNGI YO‘NALIShIDIR 
15.1. Mexatronika tushunchasi 
Keyingi yillarda butun fan va texnika sohasida yangi yo‘nalishch bo‘lgan 
mexatronika paydo bo‘ldi va shiddat bilan rivojlanmoqda. Mexatronika mexanika, 
elektronika, hozirgi zamon kompyuterli boshqarish va informatsiyani qayta ishlash 
metodlari sohalari bilimlariga asoslanadi [3]. 
Mexatron modullar va sistemalar yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan 
texnologik mashinalar va agregatlar, robotlarni yaratishning asosi hisoblanadi. 
 
15.1. rasm. Mexatronika komponentlari 
Mexatronika shunday fan va texnikaning sohasiki, unda mexanika, 
elektronika, kompyuter komponentlarining senergetik bog‘lanishlari aks ettirilgan 
bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida sifat jihatdan yangi bo‘lgan modullar, sistemalarning 
funksional harakatlarini va intellektual boshqarishni ta’minlaydi. Senergiya 
(grekcha) — umumiy maqsadga yetishishga qaratilgan birgalikdagi harakat. 
Mexatronikaning komponentlari 15.1-rasmda keltirilgan. 
Mexatronika va mexatron texnologiyalarning metodlari universal 
hisoblanadi, 
ular 
yordamida 
murakkab 
texnik 
sistemalarni 
yaratish, 
avtomatlashtirilgan loyihalash, mashinalarni va robotlarni modul prinsipi asosida 
qurish imkoniyati mavjud. 
Hozirgi kunda mexatron modullar va sistemalar quyidagi sohalarda keng 
qo‘llaniladi: 


206 
- mashinasozlik
- sanoat va maxsus robototexnika;
- aviatsiya va kosmik texnika
- yelektron mashinasozlik; 
- avtomobilsozlik
- mikromashinalar; 
- nazorat-o‘lchov qurilmalari va mashinalari;
- intellektual mashinalar va h.k.
Mexatron modullarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
-mashinalar va sistemalarning sifat jihatdan yangi funksional masalalarini 
bajara olish; 
-mashinalar ishchi organlarining o‘ta yuqori tezligini ta’minlash; 
-modullarning ultrapretsizion harakatlarini mikro va nanotexnologiyalarda 
amalga oshirish; 
-modullarning va harakatlanuvchi sistemalarning kompaktliligi; 
-ko‘p koordinatali mashinalarning yangi kinematik strukturalari konstruktiv 
kompanovkalarini olish; 
-o‘zgaruvchi va noaniq tashqi muhitda sistemalarning intellektual 
faoliyatini ta’minlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin