47
ishonchliligi qisilgan havoni tayyorlash sifatiga bog‘liq bo‘ladi va bunda havo
bosimining barqaror bo‘lishiga, ifloslardan tozalashga
va elementlarni moylashga
e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Pnevmatik yuritma ishlaganda sarflangan energiyaning 24 % i ishlatiladi.
Undan tashqari, havoning qisiluvchanligi darajasi yuqori bo‘lganligi sababli,
pnevmatik
yuritma past sezuvchanlikka, katta vaqt doimiyligiga ega va natijada
tezkorligi past bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, pnevmatik yuritmalarda
berilgan nuqtada
fiksatsiya qilish uchun tormozlash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Pnevmatik yuritma quyidagi elementlardan tashkil topadi: ijro dvigatel,
taqsimlagich
qurilmasi, tezlikni rostlash uchun drosellar,
bosim reduktori,
dempfirlash qurilmasi [9, 10].
Havo taqsimlagich qurilmasi pnevmoyuritma elementlarida qisilgan havoni
robotni boshqarish programmasi asosida qayta taqsimlash,
hamda havoni
atmosferaga chiqarib yuborishni amalga oshiradi. Dvigatellarning kirish va
chiqishiga o‘rnatilgan drosellar yordamida havo sarfi rostlanadi.
Pnevmatik yuritmalarda ijro dvigatellari
sifatida pnevmosilindrlar,
porshenli burilish dvigatellari va boshqalar qo‘llaniladi.
3.2 – rasmda siklli boshqariladigan sanoat robotining bir harakat darajasi
pnevmatik yuritmasining sxemasi keltirilgan.
Boshqarish qurilmasidan (BQ) signal havo taqsimlagichning boshqaruvchi
elementiga (masalan, elektromagnitga) yuboriladi. Boshqarish ta’siriga
muvofiq
havo taqsimlagich 8 pnevmosilindrning 7 bir kamerasini ishchi havo magistrali
bilan bog‘laydi, boshqa kamerasini esa atmosfera bilan bog‘laydi.
Rostlanuvchi 3 va 6 tayanchlar berilgan yo‘nalish bo‘yicha shtokning 1
siljish diapazonini aniqlaydi. Tayanchlar sterjenga 5 joylashtirilgan bo‘ladilar.
Dempfirlash qurilmasi 2, qo‘zg‘almas tayanchga 4 o‘rnatiladi va shtokning
tormozlanishini amalga oshiradi.