X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 - rasm. Taqlidli elektrik yuritmaning funksional sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

3.5 - rasm. Taqlidli elektrik yuritmaning funksional sxemasi: 
QK – quvvat kuchaytirgichi; ID – ijro dvigateli; R – reduktor;
TG - taxogenerator; HD – holat datchigi; IO – ijro organi (mexanik qo‘lning 
zvenosi yoki robotning ishchi organi); KZ
1
 va KZ
2
 – elektrik yuritmaning 
korrektirlash zvenolari; U

- berilgan ta’sir; U
ta
 – teskari aloqa signali; Ω – 
chiqish signali. 
Sanoat robotlari ijro organlarida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr 
dvigatellari qo‘llaniladi. har bir elektrodvigatelning turi o‘z xususiyatlariga ega. 
Odatda sanoat robotlarida mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellari ko‘p 
КZ

ID
КZ

IO
TG 
R
QK 
HD 
U
та
Ω 
U
б


52 
ishlatiladi. Bu dvigatellar yaxshi rostlash xarakteristikalariga ega, ammo 
(shetochniy) kontakt borligi ularning ishonchliligini va uzoq vaqt ishlatilish 
imkoniyatini pasaytiradi. Ularni portlash xavfi bor sharoitlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Elektrik yuritmali sanoat robotlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan kompakt, 
kichik inersiyali o‘zgarmas tok dvigatellarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, 
ular diskli, bosma chulg‘amli yakorga, kichik elektromexanik vaqt doimiysiga 
egaligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan aralash qo‘zg‘atishli dvigatellar asosidagi 
elektr yuritmalar yuritma energetik ko‘rsatkichlarini anchagina yaxshilash 
imkonini beradi, ammo bunday yuritmalarda maxsus impulsli yarim o‘tkazgich 
o‘zgartirgichlari talab qilinadi. 
Robotlar uchun keng diapazonda boshqariladigan asinxron dvigatellarni 
yaratish katta ahamiyatga ega, chunki bunday dvigatellar yuqori ishonchlilikka va 
yong‘in xavfsizligiga ega. 
Oxirgi vaqtda turli ishlash prinsipiga asoslangan chiziqli harakat 
elektrodvigatellari, qadamli dvigatellar, kontakt o‘zgarmas tok va pezoelektrik 
dvigatellar paydo bo‘ldi.
Chiziqli harakat dvigatellar asosida qurilgan yuritma to‘g‘ridan - to‘g‘ri 
ilgarilama chiziqli harakat olish imkonini beradi, ular ko‘p hollarda funksional 
afzalliklarga va sodda konstruksiyaga, ishonchlilik, yuqori boshqarilishga, yetarli 
tezkorlikka va aniqlikka ega bo‘ladi. 
Masalan, chiziqli qadamli dvigatellarni aniq pozitsiyalangan harakatlarni 
olishda, ochiq raqamli programmali boshqariladigan sistemalarni shakllantirishda 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular 5 - 10 mkm aniqlikda 10 m/s

tezkorlikka va 0.6 m/s tezlikka ega bo‘ladilar. 
Rossiyada magnitli vint prinsipida yaratilgan chiziqli qadamli dvigatel 
0.011 – 1.6 mm qadamga, 0.1 – 0.267 m/s tezlikka, 18 – 220 N kuchga, 2 – 20 kg 
massaga ega. 
Sanoat robotlarining turli sharoitlarda ishlashlarini va har xil harakat 
qilishlarini hisobga olgan holda u yoki bu elektrik yuritmani to‘g‘ri tanlash zarur. 


53 
Ijro dvigatellarini manipulyatorning harakatlanuvchi elementlarida joylashtirishni 
loyihalashda, nafaqat ularning dinamik xarakteristikalariga qarab, balki o‘lcham va 
massasini ham hisobga olgan holda tanlaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin