Robotlashtirishning afzalliklari:
Yuqori samara – yangi texnologiyalar hursandchilik bilan kutib olinadi,
robotlar qiziqish va moyillik o‗yg‗otadi (ayniqsa ommaviy tadbirlarda);
iqtisod qilish (tejash) – robotlarning qo‗llanilishi inson resurslari ishini
optimallashtirish va tejash imkonini beradi (mexanizmni uzoq vaqt qo‗llash
harajatlarni qoplab ketadi);
optimallashtirish – robotlar eskirgan va og‗ir ishlarni bajarishi mumkin. Bu
vaqtda qimmatli kadrlar nisbatan murakkab analitik vazifalarni o‗z zimmalariga
olishadi;
sifat – robotlar harakati inson faktorining salbiy natijalarini inkor qilgan holda,
mexanizm ishi natijalari ko‗proq aniq bo‗ladi;
tezlik – ish tempi ham bir muncha yuqori, vaqt talab qilmaydi, tanaffus va obed
so‗ramaydi.
Robotlashtirishning kamchiliklari:
zaifligi (mo‗rtligi) – boshqa har qanday mexanizmlar singari, robotlar texnik
xizmat ko‗rsatish va remontga muhtojlik sezadi;
32
energiya sarfi – mexanizmlarning ishga layoqati to‗liq energiya manbaiga
bog‗liq va energiya iste‘mol sarfi juda yuqori hisoblanadi;
ishsizlikning ortishi – kadrlarni robotlar bilan almashtirish ish joylarini
qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bu o‗z navbatida ishsizlikning ortshiga olib
keladi;
inqiroz – zamonaviy robotlar va ularning qo‗llanilishi insoniyat kelajagiga
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Agar barcha og‗ir ishlarni (keyinchalik – tafakkur
yuritish ham) sun‘iy intellekt bajaradigan bo‗lsa, insoniyat rivojlanishdan to‗xtashi
mumkin.
Robotning odamlardan asosiy farqi
Yaqin kunlargacha ijodkorlik imkoniyati noyob jihat hisoblanib
–
bu insonni
sun‘iy intellektdan ajratib turar edi, biroq neyrotarmoqlar paydo bo‗lishi bilan
zamonaviy dunyoda robotlar ijod qilishni ―o‗rganib olishdi‖.
Kristofer Gesse tomonidan Edges2cats loyihasi taqdim qilinib, u uylar,
mushuklar, kiyimlar va sumkalarni rasmlarini fotografik tasvirga aylantirib berar
edi.
|