X. N. Zayniddinov Pedagogika kafedrasi mudiri, p f. d



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix11.09.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#142676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
2. Bo\'ronova G. VIRTUAL ROBOTOTEXNIKA TO`GARAKLARINI METODIK QO‘LLANMA

 
 
―DURDONA‖nashriyoti, 2022 



MUNDARIJA 
Robototexnika va uning zamonaviy dunyodagi o‗rni, robototexnikada 
qo‗llaniladigan jihozlar, robototexnika asoslarini zamonaviy maktablarga 
joriy qilish 

Mikrorobotlar va ularning xususiyatlariga doir tasavvurga ega boʻlishi, 
mikrorobotlarning tuzilishini o‗rganish. 
22 
Robotlarning dasturiy ta‘minoti va tuzilishini o‗rganish va ularni yaratish 
34 
Scratch dasturi oynasi va imkoniyatlari bilan tanishish. 
Scratch bilan oddiy ikki o'yinchili futbol o'yinini yaratish. 
41 
Scratch dasturida yulduzlar jangi o'yinini yaratish 
56 
Lego Digital Desiner(LDD) robosimulatsiya dasturining interfeysi. Dastur 
oynasi, buyruqlar palitrasi, boshqaruv paneli. LDDda tassavurdagi robot 
loyihasini tayyorlash 
87 
Lego Digital Designer virtual dasturida Timsoh loyihasini yaratish. 
Chuvalchangli uzatma va harakat mexanizmini loyihalash. 
95 
Arduino platasi va uning qurilmalari tavsifi. Virtual Arduino 
platformasidan foydalanish imkoniyatlari. 
98 
TincerCAD platformasi va uning qurilmalari tavsifi. 
Svetafor robotni yigʻish. Svetodiodlar va Arduino platformasidan 
foydalanish imkoniyatlari. 
104 
TinkerCAD platformasida Arduino platasi orqali Scratchdan foydalanib 
ovoz orqali boshqariladigan qurilmani loyihalash
114 
3D Tinkercad platfomasi yordamida 2D va 3D obyektlar haqida 
tushuncha. 3D Tinkercad platfomasi oynasi va asboblar paneli bilan 
tanishish. Sevimli multfilm qahramonim loyihasi bo`yicha obyektlar 
yaratish 
129 
 
 



So`z boshi 
Sizning qo'lingizdagi ushbu robototexnika bo'yicha qiziqarli kitob virtual 
robototexnikaga bag`ishlanadi. Bu yosh o`quvchilar bilan birga robototexnikaga 
qiziqadigan barcha bolalar uchun ham birdek qiziqarli loyihalarni yaratish uchun 
kerakli to'plamdir. XXI-asrga kelib o`sib kelayotgan yosh avlodga robotlar nima 
ekanligini va ularni kundalik hayotda qayerdan topish mumkinligi haqida gapirib 
berish shart emas.Chunki robotlar kundalik turmushdagi zarur anjomlar ro`yxatini 
olgan. Robot changyutgichlar ko'plab xonadonlarda ishlaydi, robotlashtirilgan kir 
yuvish mashinalari qo'llaniladi, dronlar havoda tez-tez ko'rinadi, yangiliklar 
robototexnika yutuqlari haqida hikoyalarga to'laligi bilan barchaga birdek qiziqarli 
soha hisoblanadi. Bugungi kunda robototexnika bo`yicha ko`plab xalqaro 
musobaqalar o'tkazib kelinmoqdaki, ularda farzandlarimiz muvafaqqiyatli ishtirok 
etib, yuqori o`rinlarni egallay olishi uchun robototexnikani kichik maktab yoshidan 
boshlab o`rgatish juda muhim. Hozirgi vaqtda siz sotuvda robotlarni qurish uchun 
ko'plab tayyor to'plamlarni topishingiz mumkin yoki kerakli komponentlarni 
alohida sotib olishingiz va o'zingizning dizayningizni yig'ishingiz mumkin. Odatda 
bunday to`plamlarni narxi qimmat bo`lib chekka hududdagi o`quvchilarda bunday 
to`plamlarni sotib olish mushkul vazifa. Bu borada onlayn so`rovnoma 
o`tkazganimizda, aksariyat yoshlar robototexnikaga qiziqishini bildirgan va afsuski
bunda ko`pchilik bu sohani o`rgana olmayotganligiga sabab sifatida jihozlar 
yetishmasligini ko`rsatgan. Endi qo`lingizdagi ushbu kitob bu muammoni hal 
etishda sizga yordam beradi. 
Mazkur kitobda
bugungi kundagi zamonaviy ta`lim 
yo`nalishi ―Robototexnika‖ni Lego Digital Designer, TinkerCAD, Scratch, 
Arduino, 3D TinkerCAD kabi virtual simulatsiya dasturlari orqali o`rgatish 
masalalari bayon etilgan. Bu kitob orqali o`quvchilar haqiqatan ham tassavuridagi 
loyihalarni virtual dasturiy vositalar yordamida yaratishi va o'z imkoniyatlarini 
namoyish etishlari mumkin. Natijada bola maishiy texnika jihozlarini ishlash 
prinsiplarini tahlil eta oladi hamda robototexnika va unga tegishli fanlarni 
yaxshiroq tushuna boshlaydi. Bunda dasturda loyihalarni amalga oshirish 



qadamba-qadam sodda tilda bayon etilgan. Dasturlar shunday tanlanganki
murakkablik asta-sekin o'sib boradi, va biz boshlang'ich yosh tadqiqotchi bajara 
oladigan oddiy vazifalardan tortib, hatto tajribali robotistlarni ham qiziqtiradigan 
juda hayratlanarli vazifalargacha bo'lgan jarayonlarni kitobda muxtasar bayon 
etganmiz. Bola virtual ilovalar yordamida o`zining mustaqil ravishda robotini 
yaratadi. Va biz bu jarayonni tushunarli va qiziqarli qilishga harakat qilamiz. 
O`quv uslubiy qo`llanma barcha umumta`lim maktabi o`quvchilari va 
―Robototexnika‖ga qiziquvchi o`quvchilar va ularning ota-onalari uchun 
mo`ljallangan bo`lib, shuningdek ushbu o`quv uslubiy qo`llanmadan informatika
hamda texnologiya fani o`qituvchilari, ―Barkamol avlod‖ markazlarining 
―Robototexnika‖ to`garagi rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin