X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Tugmani matoga tikish texnologiyasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Tugmani matoga tikish texnologiyasi:
1. Tugma tikish uchun kiyim tanlanadi.
2. Kiyim rangiga mos yoki umuman rangiga mos kelmaydigan tug-
malar olinadi.
3. Tugmani tanlashda albatta shakliga va xususiyatiga e’tibor berish 
kerak. Tugmalar turli materiallardan (yog‘ochdan, plastmassadan, te-
mir dan, alyuiminiydan, kauchikdan, matodan, suyakdan) tayyorlanadi, 
uning shakllari turlicha (to‘rtburchak, uchburchak, doira) bo‘ladi va 
tug mada bir qancha teshiklar(ikkita, to‘rtta, baldoqli) bo‘lishi mumkin.
4. Kiyimning xususiyati aniqlanib, unga mos tugma tanlanadi.
5. Tugmani turli usullarda tikish mumkin.
6. Shaklni tanlashda kiyimning dizayniga mos bo‘lishi kerak. 
Masalan, kichik yoshdagi bolalar kiyimlari uchun rangli, turli shakl-
larga ega tugmalar tanlanadi.
7. Tugmani tikishda tugma rangiga mos ip tanlanadi, kerakli 
o‘lchamda kesib olinadi va tugun hosil qilinadi.
8. Kiyimning teskari tomonidan nina o‘tkazilib, tugma teshigidan 
orqaga qaytarib tikiladi. 
9. Tugma bilan mato o‘rtasiga gugurt cho‘pi qo‘yib tikiladi. Tikish 
tugagandan keyin gugurt cho‘pi olib tashlanadi va tugma bilan mato 
o‘rtasi ip bilan aylantirib chiqiladi. Chunki tugmani bemolol teshikdan 
o‘tkazish uchun shu usuldan foydalaniladi.
10. Qo‘shimcha ishlov beriladi.


178
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Tugmani turli usullarda qadang.
2. Mavzuga oid dars ishlanmasini yozing.
Mavzu: Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasi
Reja:
1. Mozaika san’ati haqida ma’lumot berish.
2. Qog‘ozdan mozaika yasash haqida ma’lumot berish. 
3. Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasini amaliy ko‘rsatish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga mozaika sa’nati 
haqida bilim berish. Mozaika ishining mazmuni haqi da tushunchalar 
hosil qilish. Qog‘ozdan mozaika yasash texnolo giyasini o‘rgatish.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin