174
katakchalar soniga teng kelishi kerak. O‘quvchilar katakchalarning
soniga qarab harflarni aytishadi. O‘qituvchi o‘quvchilar
aytgan
harflarni katakchalarda borligini ko‘rsatadi. Keyin o‘quvchilar
qolgan harflarni ham aytib o‘tishadi. Oxirida o‘quvchilar kasb nomini
topishadi.
“Ha-yo‘q” o‘yini
“Ha-yo‘q”
o‘yinida o‘qituvchi turli kasb nomlarini qog‘ozga
yozadi. O‘quvchilar qog‘ozda yozilgan
kasblarni nima ish qilishlari,
qayerlarda ishlashlari, nima bilan shug‘ullanishlari to‘g‘risida savollar
beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblari ga qarab to‘g‘ri
topgan
bo‘lsa “ha” deb, noto‘g‘ri topgan bo‘lsa “yo‘q” deb javob beradi.
O‘quvchilar aniq bir yo‘nalishni top gandan so‘ng shu yo‘nalish
bo‘yicha savollarni davom ettirishadi. Natijada o‘quvchilar kasb
nomlarini topishadi.
Dostları ilə paylaş: