X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

“Mimik rollar” o‘yini
“Mimik rollar”
o‘yini o‘qituvchi o‘quvchilarga kasb egalarining 
ish jarayonlaridan gapirmasdan lavhalar ko‘rsatadi. O‘quvchilar 
o‘qituvchining harakatiga qarab kasb nomlarini topadilar.
“Kasblar alifbosi” o‘yini
“Kasblar alifbosi”
o‘yinida kasblar ro‘yxati tuziladi. O‘qitu vchi 
bitta kasbni o‘ylaydi va shu kasb egasi nima ish qilishini muammoli 
tarzda o‘quvchilarga yetkazadi. O‘quvchilar kasb nomini topishi 
uchun ikki yoki undan ortiq kasb egalarini nomlarini aytadi. O‘qituvchi
keyingi muammoli javoblarni davom ettiradi. O‘quvchilarning 
o‘ylagan kasblari birin-ketin noto‘g‘ri ekanligi aniqlanadi va 
ro‘yxatdan o‘chirib tashlanadi. Natijada o‘qituvchi o‘ylagan kasb 
egasining nomi aniqlanadi.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Mutafakkirlar merosidan foydalanib tarbiyaviy tadbirlarning 
rejasini ishlab chiqish: 
1. Tadbir mavzusi:
2. Tadbir shakli: 
3. Tadbir vositalari:
4. Tadbir shiori:
5. Guruhlar tanishuvi va tavsifi:


175
6. Tarbiyaviy tadbirni tashkil etish jarayoni.
7. 1-topshiriq: Kasb-hunarga oid tarbiyaviy tadbirlarni “Klastr” 
metodi yordamida tarmoqlash va tavsif berish.
8. 2-topshiriq: Mustaffakirlar merosidan mehnat va kasb-hunarga
oid ma’lumotlar berish.
9. 3-topshiriq: Krossvord tuzish.
Mavzu:
Ish fartugini tikish texnologiyasi
Reja:
1. Ish fartugi haqida ma’lumot berish. 
2. Ish fartugini tikish darslarini tashkil etish tartibini tushun tirish.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Ish fartugi haqida ma’lumotlar berish. 
Ish fartugining turlari va ularni tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. 
Ish fartugini tikish darsiga ishlanma yozishga o‘rgatish.
Pedago
gik vazifalar:
• 
talabalarning ish fartugi va turlari haqidagi bilimlarini aniqlash;
• 
ish joyini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish;
• 
ish fartugini tikish texnologiyasini tushuntirish;
• 
mavzuga dars ishlanmasi yozish tartibini tushuntirish;
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, tushuntirish, amaliy ish, 
ko‘r gazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar, texnik vo-
si talar, gazlama, ip, igna, qog‘oz, turli bezaklar.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savollar beriladi.
1. Ish fartugi qayerlarda ishlatiladi?
2. Ish fartugi qanday matodan tikiladi?
3. O‘lcham olish qanday amalga oshiriladi?
4. Qanday ish fartugi turlarini bilasiz?
5. Qanday soha egalari ish fartugidan foydalanadi?

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin