X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Pedagogning vazifalar
i:
• 
talabalarning mozaika sa’nati haqidagi bilimlarini aniqlash;
• 
ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga 
amal qilishni eslatish;
• 
qog‘ozdan mozaika ishining bajarilishi haqida tushunchalar 
berish; 
• 
mozaika ishlarini yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘rgazma lilik.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, 
oq qog‘oz, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savol lar beriladi.
1. Mozaika san’ati qanday san’at?
2. Mozaikaning materiallari nimalardan iborat?
3. Mozaikani yasashda nimalarga e’tibor berish kerak?
5. Mozaika qachon paydo bo‘lgan?
6. Mozaika usulida qanday inshootlar bezatilgan?
Mozaika san’ati haqida
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davr-
larda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan mate rial lariga 


179
ko‘ra ham, naqsh va rasmlarga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning 
saroylari mozaika usulida bezatilgan. 
Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari 
va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, so-
pol, plitalardan foydalaniladi. 
Mashhur ustalar tomonidan ayrim shaharlarda rangli ko‘zgu par-
cha laridan ajoyib mozaika asarlari yaratilgan, ular quyoshda bir-bi ri-
ga qo‘shilib va porlab shodlik kayfiyatini yaratadi.
Qog‘ozdan mozaika usulida mevalar 
shaklini yasash texnologiyasi taqdimoti
1. Rangli qog‘ozni bo‘laklarga bo‘lib olamiz.
2. Qog‘oz bo‘lagini mayda qilib uchburchak, to‘rtburchak doira 
shakllarda kesib olamiz
3. Nokning rasmini chizib olamiz.
4. Maydalangan qog‘oz bo‘laklarini rasmga yopishtirib chiqamiz.
O‘qituvchi dars jarayonida partalarni oralab yurib, o‘quvchi larga 
kerakli ko‘rsatmalarni berib boradi. Yaxshi va yomon bajarilayotgan 
ishlardan namunalar ko‘rsatib, tegishli amaliy yo‘l-yo‘riqlar beradi.


180

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin