X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Applikatsiya san’ati haqida
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy 
ko‘rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, 
ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikatsiya 
muvaffaqiyatining garovidir.
Fasllar mavzusida applikatsiya yasash uchun qaysi faslni tasvirlash 
kerakligi aniqlanib olinadi. Mavzuni yoritish qaysi faslga to‘g‘ri kelsa 
shu fasl haqida ma’lumot beriladi va shu fasl mavzusida applikatsiya 
tayyorlanadi. 
“Qish” mavzusida applikatsiya yasash texnologiyasi:
• Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi
.
• Ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi va tasvirlash lozim bo‘lgan 
applikatsiya tasviri chiziladi.
• Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni 
tanlashni belgilaydi.


184
• Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning 
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tan-
lash ga qaratiladi.
• Tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy mavzuga mos ele-
ment bo‘lishi kerak.
• Tasvirlash lozim bo‘lgan materiallar yordamida figura va pred-
metlarning holati aniqlanadi.
• Tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi
.
• Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan 
qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.
• Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joy-
lashtiriladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi.


185
• Agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa
, detallar boshqacha joy lash-
tiriladi.
• Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning 
o‘rni qalam bilan belgilab qo‘yiladi.
• Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish 
va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim
.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin